Endilikda Namangan viloyatidagi 4 ming nafarga yaqin maktab öquvçilari Payme foydalanuvçilarining donatlari şarofati bilan zamonaviy şaxsiy kompyuter (ŞK)lar bilan ta’lim olişlari mumkin.
2022 yilning dekabrida Payme kompaniyasi turli ijtimoiy missiyalar işga tuşiriladigan Payme Mahalla platformasini yölga qöydi. Foydalanuvçilar ötkazma va tölovlar orqali töplangan ballar evaziga jamiyatda turmuş farovonligini yaxşilaşga öz hissalarini qöşişlari mumkin. Muhim ijtimoiy vazifalar uçun foydalanuvçilarni birlaştiriş loyihani maqsadi böldi.

Loyiha doirasida allaqaçon ikkita muhim missiya muvaffaqiyatli yakunlandi. Birinçisi – Qoraqalpoğiston maktablarini zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlaş. Foydalanuvçilar buni ikki kun içida uddalaşdi.
Ikkinçi missiya esa Namangan viloyatining olis hududlaridagi maktablarni zamonaviy texnika bilan jihozlaş edi. Bu loyiha joriy yil 24 fevral kuni işga tuşirildi.

Ikkinçi missiya natijalari
Ikkinçi missiyani amalga oşirişga maişiy texnika va elektronika dökonlarining eng yirik tizimlaridan bölmiş Texnomart, şuningdek, Payme Mahalla platformasidagi birinçi loyihani amalga oşirişda ham iştirok etgan ONA jamoat fondi kömaklaşdi.
Yangi missiya işga tuşgani töğrisidagi e’lon qilingaç uç kun içida Namangan viloyatidagi maktablar uçun zarur 500 mln ball töplaşga muvaffaq bölindi. Loyihada taxminan 6 ming nafarga yaqin foydalanuvçi iştirok etdi, ular 12 mingta badalni ötkazdilar. Ya’ni har bir iştirokçi örtaça ikki marta ballari bilan bölişişdi.
Yakunda, kerakli sonda ballar töplanganidan söng, kompyuterlar xarid qilinib, Namangan viloyatiga jönatildi. Payme va texnomart foydalanuvçilarining faolligi tufayli Namanganlik maktab öquvçilari sifatli ta’lim olish uçun yana bir imkoniyatga ega böldilar.

Missiya uçun hududning olis tumanlaridagi 4 ta maktab tanlab olindi, u yerda taxminan 1,5 ming nafar öquvçiga 17 yil ilgari işlab çiqarilgan 15 ta amalda işlamaydigan kompyuter ajratilgan ekan. Endi esa uşbu maktablarda öquvçilar uçun IT-tögaraklar oçiş rejalaştirilmoqda.


















