Jinoyat kodeksining 207.3-moddasida «feyklar» oğir oqibatlarga olib kelgan taqdirda 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan bölib, unga köngillilar tuzilmalari, taşkilotlar yoki Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuçlariga yuklatilgan vazifalarni bajarişda kömaklaşuvçi şaxslar töğrisida «feyklar»ni taqiqlaş haqidagi band qöşildi.
Avvalroq Rossiyada «maxsus harbiy operatsiya»ni «obrösizlantirganlar» fuqarolikdan mahrum qilinişi xabar berilgandi.
Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) böyiça Davlat dumasi qömitasi tomonidan qabul qilingan «Fuqarolik töğrisida»gi qonunga özgartirişlar davlatga xiyonat va «maxsus harbiy operatsiya»ni «obrösizlantiriş» uçun Rossiya fuqaroligidan mahrum qilişni nazarda tutadi.
2022 yil 5 apreldagi qonun loyihasida fuqarolikdan mahrum qiliş, şu jumladan terroristik xarakterdagi jinoyatlar, davlatga qarşi oğir jinoyatlar, şuningdek, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanişi, hujjatlarni qalbakilaştiriş sohasidagi jinoyatlar uçun yoki fuqaroning iltimosiga binoan fuqarolikdan mahrum qiliş nazarda tutilgan.
Özgartirişlar Rossiya fuqaroligiga qabul qilinganda 20 dan ortiq toifadagi şaxslarga qöyiladigan talablar sonini qisqartiradi, şuningdek, Rossiya pasportini olişning soddalaştirilgan tartibiga ega bölgan şaxslar toifasini aniqlaş böyiça prezidentning vakolatlarini kengaytiradi.


















