Eron va Saudiya Arabistoni 2016 yilda uzilgan diplomatik munosabatlarni qayta tiklaşga kelişib oldi. Bu butun Yaqin Şarq uçun muhim voqea böldi, çunki bu yerda voqealar rivojini asosan uşbu ikki davlat örtasidagi qarama-qarşilik belgilaydi. Yaraştiruvda Xitoy katta rol öynadi va bu rossiyalik propagandaçilar hamda hukumatparast şarhlovçilarga juda yoqib tuşdi. Ular buni AQŞning mintaqadagi ta’siri pasayib borayotganiga dalil sifatida körmoqda. Biroq, Eron siyosati böyiça ekspert, «Eron böyiça navbatçi» Telegram-kanali muallifi Nikita Smagin Carnegie Politika naşri uçun yozgan maqolasida qayd etişiça, aslida Pekin nafaqat Vaşington, balki Moskva uçun ham raqobatçidir.
Yaqin Şarqdagi ikki asosiy raqib — Eron va Saudiya Arabistoni yetti yillik tanaffusdan söng diplomatik munosabatlarni tiklaşga kelişib oldi. Ikki an’anaviy raqibning töliq yaraşuvi istiqboli hali ham savol ostida qolayotgan bölsa-da, bunday qaror hozirda ikki tomon uçun ham foydalidir.
Lekin bu kelişuvdan mutlaq manfaat körişi aniq bölgan davlat — bu Eron va Saudiya Arabistoni muzokaralarida vositaçi bölgan Xitoydir. Oldinlari Pekin Yaqin Şarqdagi siyosiy jarayonlarga unçalik qiziqiş bildirmasdi. Ammo hozirda Xitoyning bu mintaqadan AQŞ va Rossiyani siqib çiqarişi ssenariysi tobora real körinmoqda.
Eronning majburlovi
Eron va Saudiya Arabistoni diplomatik aloqalari 2016 yilda, Saudiya Arabistoni taniqli şia ulamosini (oyatulloh Nimra an-Nimra) qatl qilganidan keyin uzilgan edi. Aloqalarni tiklaş töğrisidagi kelişuv bir yildan köproq vaqt davomida muhokama qilindi. Iroq dastlabki vositaçi böldi. 2021 yil aprelidan boşlab Bağdodda muzokaralarning bir neça raundi bölib ötdi. Muzokaralar boşi berk köçaga kirib qoldi va bir neça oyga töxtadi, keyin esa yana qayta tiklandi.
2022 yil yanvar oyida kelişuvga yaqin qolgandek tuyulgandi. Saudiya Arabistoni 2016 yildan beri ilk bor Islom hamkorlik taşkilotida işlayotgan uç nafar eronlik diplomatga viza berdi (taşkilot boş qarorgohi Saudiyaning Jidda şahrida joylaşgan). Tehron esa Saudiya Arabistoni va Iroq energetika tarmoqlari birlaştirilişiga ijobiy munosabat bildirdi, bunga qadar Eron Iroq energetikasini faqat öz manfaatlari doirasiga kiritar edi.
Biroq, 2022 yil kelişuv yili bölmadi. Eron hukumati norozilik namoyişlari va boşqa içki muammolarni bostiriş bilan maşğul böldi. Ukrainadagi uruş fonida Tehron va Moskva hamkorligi ham e’tibor markaziga tuşdi. Eronliklarning saudiyaliklar bilan murosa qilişga urinişlarini heç kim eslamadi. Şu sabab ham 2023 yil mart oyida Pekinda munosabatlarni normallaştiriş şartnomasi tuzilişi kutilmagan voqea böldi.
Mavzuga oid
Biroq, Tehron va Ar-Riyod diplomatik munosabatlarni tiklaş mavjud variantlar içida eng yaxşisi ekanini ançadan buyon tuşunib kelgan. Eronning maqsadi aniq. Sönggi yillarda mamlakat bir keskinlikdan boşqasiga ötmoqda. Isroil muntazam ravişda Eronning yadroviy inşootlariga qarşi qöporuvçilik harakatlarini amalga oşirmoqda va eronparast kuçlarga zarbalar bermoqda.
Donald Tramp 2018 yilda yadroviy kelişuvdan çiqqanidan beri Vaşington bilan munosabatlar ham normallaşmadi. Birgina AQŞ qurolli kuçlarining Bağdodga bergan zarbalarini eslaşning özi kifoya, bu hujum natijasida eronlik general Qosim Sulaymoniy halok bölgan edi. Uşbu epizod sabab mintaqada harbiy mojaro boşlanişiga bir baxya qolgandi.
Tehron uzoq vaqtdan beri Yaqin Şarqdagi ta’sirini faol ravişda kengaytira olmayapti. Masalan, Iroqda Saddam Husayn rejimi qulagandan keyin ham Eron mintaqada mustahkamlanmadi. Endi esa eronliklar ekspansiya holatida emas, çunki böş resurslar yöq. Aksinça, Eronning Suriya, Iroq va Livandagi öz pozitsiyalarini uşlab turişi tobora qiyinlaşib bormoqda. Şunday vaziyatda Islom Respublikasi rasmiylari hozirda özlarining oğir xalqaro ahvolini yumşatişning eng yaxşi yöli Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni normallaştiriş degan xulosaga keldi.
Eronliklar uzoq vaqtdan beri Ar-Riyodni muloqot boşlaşga çaqirib keladi va saudiyaliklarni köproq işontiriş uçun oğzaki murojaatlar bilan birga turli bosim usullarini ham qöllaydi. Masalan, Eron dronlari Yaman husiyçilari qöli bilan Saudiya Arabistoniga zarbalar berdi, eronlik hakerlar podşohlikdagi muhim infratuzilmalarga hujum qildi, Saudiya tankerlarida vaqti-vaqti bilan sirli portlaşlar sodir böldi.
Oxir-oqibat, garçi barça sabablar bunga boğliq bölmasa-da, «aloqalar örnatişga majburlaş» taktikasi işladi. Boşqa narsalar qatorida, AQŞning Yaqin Şarqdagi iştirokini qisqartirişi saudiyaliklarni Eron bilan murosa qilişga undadi. Saudiya rahbariyati kelajakda Eron bilan birga bir qolişni istamagani aniq. Faqatgina yaraşiş formulasini kelişib oliş qoldi, xolos.
Mört kelişuv
Uşbu Eron-Saudiya yaraşuvi formulasi tafsilotlari oşkor etilmadi. Gap mintaqadagi ta’sir doiralarini qandaydir çegaralaş haqida ketayotgan bölişi mumkin. Biroq, har qanday holatda ham, kelişuvlar Eron va Saudiya Arabistoni örtasidagi barça qarama-qarşiliklarni ötmişda qoldirişga imkon bermaydi. Bu ikki davlat köp yillar davomida namunaviy raqiblar bölib kelgan: inqilobiy respublika va sunniy monarxiya, «Amerikaga ölim!» şiori bilan mustamlakaçilikka qarşi kuç va AQŞ ta’sirining mustahkam nuqtasi.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy har yili, 1979 yilgi Islom inqilobi vaqtida egallab olingan AQŞning sobiq elçixonasi binosi oldida yiğiladigan namoyişçilarga murojaat qilmoqda. Tehron, 2022 yil 4 noyabr
Sobhan Farajvan / Pacific Press / LightRocket / Getty Images
Jo Bayden va valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon AQŞ prezidentining Saudiya Arabistoniga taşrifi vaqtida. Jidda, 2022 yil 15 iyul
Bandar Aljaloud / Saudi Royal Palace / AP / Scanpix / LETA
Islom Respublikasi mavjud bölgan 40 yil davomida Tehron va Ar-Riyod örtasidagi munosabatlar bir neça bor normallaşuv bosqiçlaridan ötgan. Biroq keyin hamma narsa yana muqarrar ravişda yangi mojaroga qarab borgan. Şunga öxşaş taşqi siyosat zig-zaglarining takrorlanişini inkor etib bölmaydi. Eronliklar va saudiyaliklar raqib bölib qolmoqda va hozirça heç kim töliq yaraşiş haqida jiddiy gapirmayapti.
Hamma narsa töğridan töğri şartnomani imzolagan uşbu ikki davlatga boğliq emasligi tufayli vaziyat yanada murakkablaşadi. Saudiya Arabistoni uçun Yamandagi husiyçilar bilan uruşni töxtatişga erişiş muhim. Endilikda, ehtimol, Eron bilan isyonçilarga yordamni qisqartiriş yoki uni butunlay töxtatiş borasida kelişib oliş mumkin. Biroq, bu muammoni hal qiladimi? Husiyçilar allaqaçon Eron va Saudiya örtasidagi normallaşuv harbiy harakatlarga heç qanday ta’sir körsatmasligini aytib böldi.
Mintaqadagi keskinlikni pasaytirişni, şubhasiz, har ikki davlat ham xohlaydi. Biroq, voqealar ba’zan ularning yaraşiş istagidan kuçliroq bölişi mumkin.
Xitoy alternativi
Eronliklar va saudiyaliklar uçun uşbu kelişuvning real oqibatlari qanday bölişi hali baholanmadi. Hozir gaplaşiş mumkin bölgan narsa — bu vositaçi sifatida harakat qilgan Xitoyning kutilmagan roli. Köpçilik allaqaçon Pekinni Yaqin Şarqda AQŞga qarşi yangi öyinçi deb atamoqda. Rossiya ommaviy axborot vositalari esa Xitoyning mintaqadagi roli ortib borayotgani haqida alohida mamnuniyat bilan gapira boşladi.
Vaşington haqiqatan ham Yaqin Şarqqa qiziqişni yöqotmoqda. Amerika hukumati Eron va Saudiya Arabistoni örtasidagi kelişuvdan unçalik ham mamnun emas, biroq buning oldini oliş uçun Ar-Riyodga xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişi mumkin edi, lekin bunday qilmadi. AQŞ Saudiyaga qurol sotişga rozi, ammo uni AQŞ qöşinlari bilan himoya qilmoqçi emas. Hozirgi şaroitda Oq uy ikki davlat örtasidagi harbiy qarama-qarşilikka bevosita aralaşişdan köra, Eron va Saudiya örtasidagi normallaşuvga rozi bölişni afzal köradi.
Pekin esa, öz navbatida, özini konstruktiv yeçimlar izlovçi va muammolarni joyida yöq qilişga qodir mas’uliyatli va tinçlikparvar kuç sifatida körsatmoqda. Sönggi yillarda bir-biri bilan proksi uruş (ikki davlatning uçinçi davlat qöli bilan uruşişi) olib borgan Eron va Saudiya Arabistoni örtasidagi muvaffaqiyatli vositaçilik sabab Xitoy, AQŞdan farqli ölaroq, tinçlik haqidagi umumiy sözlar bilan çeklanib qolmasdan, mintaqaviy mojarolarni amalda ham töxtatişga qodir ekanini namoyiş etdi.
Albatta, Xitoyning Yaqin Şarqdagi diplomatik muvaffaqiyati Pekin özining 12 banddan iborat tinçlik rejasi asosida Ukraina va Rossiya örtasida ham kelişuvni taşkil qila oladi degani emas. Kiyev Pekinni Moskvaga juda yaqin deb biladi va şuning uçun ham uni vositaçi sifatida körmaydi. Ammo töqnaşuv ertami-keçmi boşi berk köçaga kirib qolişi mumkin, öşanda Xitoy vositaçiligi baribir reallikka aylanadi, çunki Rossiya Ğarbni endi bu rolda körişni istamaydi.
Har qanday holatda ham, Pekin şartnomasi şuni körsatadiki, global Janubdagi mamlakatlar endi öz muammolarini hal qilişda Ğarbning qandaydir iştirokiga tayanişi şart emas. Bu borada Xitoy Rossiya oçgan yöldan bormoqda. Aynan Moskva sönggi ön yillikda Yaqin Şarqda universal vositaçi rolini öynaşga intildi. Masalan, Rossiya Turkiya va Eron bilan birgalikda Ostona formatini öylab topdi va bu format orqali Suriya inqirozini Ğarb iştirokisiz hal qilişga urindi.
Aftidan, Xitoy endi özining «Pekin formati»ni taşkil etişga harakat qiladi. Masalan, Xitoy rahbari Si Jinping allaqaçon Fors körfazi davlatlari (Bahrayn, Kuvayt, Ummon, Qatar, Saudiya Arabistoni, BAA) va Eronga joriy yilda Pekinda sammit ötkazişni taklif qildi. Bu bunday tarkibdagi birinçi sammit böladi.
Şunday ekan, Rossiya ommaviy axborot vositalari Yaqin Şarqdagi yetakçilik roli özgarişidan erta xursand bölgan bölib çiqişi mumkin. Xitoy bu mintaqada Rossiyaga ittifoqçi emas, aksinça muqobil (uning örnini egallaşga da’vogar). Yaqin Şarq davlatlarining haqiqatan ham AQŞ va Yevropa siyosatidan hafsalasi pir bölgan va endi Ğarbdan taşqi vositaçilik kutmaydi. Ammo Ukrainaga qarşi uruş tufayli Rossiya Federatsiyasining ham nufuzi sezilarli darajada pasaydi. Va bu Yaqin Şarq Rossiya uçun, Ğarbda ösib borayotgan izolyatsiya va iqtisodiy qiyinçiliklar tufayli tobora muhim mintaqaga aylanib borayotgan bir paytda sodir bölmoqda. Yaqin Şarq davlatlari Moskva bilan munosabatlarda ularning pozitsiyalari qançalik mustahkamlanganini yaxşigina tuşunmoqda.
Xitoyning moliyaviy va texnik imkoniyatlari Rossiyanikiga qaraganda ança yuqori. Biroq Pekin yaqin-yaqingaça Yaqin Şarq mintaqasida iqtisodiy ekspansiya bilan çeklanib, mintaqadagi jarayonlarda bevosita siyosiy iştirok etişdan qoçib kelgan. Endilikda AQŞ va Rossiyaning pozitsiyalari zaiflaşdi, şuning uçun XXR paydo bölgan böşliqlarni töldirişi mumkin. Xitoy Yaqin Şarq mamlakatlariga harbiy-texnik sohada ham köp narsalarni taklif qiladi — va taklif qilişni boşladi ham.
Yaqinda The Wall Street Journal naşri tomonidan çop qilingan, eronliklar Pekinning yadroviy kelişuvni tiklaşga yordam berişi şarti bilan Xitoy vositaçiligiga rozilik bergani haqidagi maqola Moskva xavotirlariga qöşimça bölişi mumkin. Rossiya bu kelişuvni öz manfaatlariga xizmat qilmaydi deya hisoblaydi. Rossiyaning yuqori martabali diplomatlari jurnalistlarga anonimlik şarti bilan, Erondan sanksiyalarni olib taşlaş va uglevodorodlar eksportini oşiriş Rossiya uçun endi foydasiz ekanini tan olgan.
Hozirça Xitoy yadroviy kelişuvni qutqarib qolişi dargumon. Biroq, unga bunday iltimos bilan murojaat qilişning özi muhim fakt. Bu faqatgina Yaqin Şarq mintaqasi uçun ahamiyatli bölmagan muammolarni hal qilişda muqobil kuçga jiddiy talab borligini körsatadi. Va bunday yondaşuv eng kamida Vaşingtonni ham, Moskvani ham ogohlikka çaqirişi kerak.