Tribuna.uz sayti manbalariga köra, bugun, 20 mart kuni «Bunyodkor» stadioniga «Gentra Lacetti» rusumli yangi avtomaşinalar keltirilgan. Avtomobillar Prezident sovğasi sifatida Osiyo çempionlariga topşirilişi kutilmoqda.

Tadbir bugun, 20 mart duşanba kuni «Bunyodkor» öyingohida rasmiylar, OAV va muxlislar iştirokida ötadi.

Eslatib ötamiz, Ravşan Haydarov murabbiyligidagi Özbekiston yoşlar jamoasi Osiyo kubogi U20 finalida Iroq yoşlar jamoasini mağlub (1:0) etib, qit’a çempioniga aylandi. JÇ-2023ga yöllanma olgan yoşlar jamoasini qöllab-quvvatlaş uçun finalga taşrif buyurgan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev boş sovrinni topşirgan edi.