Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olişga order bergan Xalqaro jinoiy sudi (XJS) bu masalada «xolis pozitsiya»ni egallaşi va «ikki tomonlama standartlar»dan qoçişi kerak, deb ma’lum qildi Xitoy Taşqi işlar vazirligi. Pekin Ukraina inqirozida xolis va adolatli rol öynaşda davom etadi, dedi vazirlik rasmiy vakili Van Venbin 20 mart, duşanba kuni bölib ötgan brifingda.
XXR raisi Si Jinpingning Moskvaga taşrifidan oldin sözlagan nutqida u xalqaro huquq normalariga muvofiq davlat rahbarlarining daxlsizligiga işora qilib, harbiy mojaroni «muloqot va muzokaralar» yöli bilan hal qilişga çaqirdi. Van Venbin, şuningdek, Xitoy Rossiya va Ukraina örtasidagi ehtimoliy tinçlik muzokaralarida konstruktiv pozitsiyani egallaşini ta’kidladi.
Si Jinpingning Rossiyaga taşrifi 20-22 mart kunlari bölib ötadi, Si buni avvalroq «döstlik, hamkorlik va tinçlik sayohati» deb atagan edi. Uning doirasida Xitoy rahbari Vladimir Putin bilan uçraşadi. Safar boşlanişidan avval Si Jinping maqola çop etib, unda Xitoyning Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi borasidagi pozitsiyasini yana bir bor bayon qildi. U avvalroq taklif qilingan rejani eslatib ötdi, uning sözlariga köra, harbiy mojarodan «ratsional çiqiş» va «barqaror tinçlikka yöl» taklif qiladi.
Si Jinpingning Moskvaga taşrifidan bir neça kun oldin, 17 mart kuni Haagadagi XJSning dastlabki tergov palatasi Putin va bolalar huquqlari böyiça ombudsman Mariya Lvova-Belovani hibsga oliş uçun order bergan edi. Sudning ta’kidlaşiça, Putin bevosita, boşqalar bilan birgalikda va/yoki boşqa şaxslar orqali jinoyat sodir etganlik uçun jinoiy javobgarlikka tortiliş uçun «yetarli asoslar» mavjud. Taxminlarga köra, Rossiya prezidenti uşbu harakatlarni sodir etgan yoki ularni sodir etişga ruxsat bergan fuqarolik va harbiy xizmatçilar ustidan tegişli nazoratni ham amalga oşirmagan.
Xitoy Xalqaro jinoiy sud faoliyatini tartibga soluvçi Rim statutini imzolamagan va şuning uçun uning qarorlariga amal qilmaydi.

















