2022 yilda AQŞdan Yevropaga suyultirilgan gaz eksporti 2,5 barobarga oşib, 117,4 million kubometrni taşkil qildi, deyiladi Oq uydagi Iqtisodiy maslahatçilar kengaşining 21 mart, seşanba kuni e’lon qilingan hisobotida. 

Qöşma Ştatlar ötgan yili Yevropaga 47,8 million kubometr suyultirilgan gaz eksport qilgan va bu keskin ösiş Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi bilan boğliq, deb yozadi hisobot mualliflari. «AQŞdan suyultirilgan gaz va xom neft eksporti 2021 yildagi darajadan sezilarli oşdi. Suyultirilgan gaz böyiça, AQŞ eksporti Yevropa mamlakatlariga ham keskin özgardi, çunki Rossiya özining bir vaqtlar hukmron bölgan tabiiy gaz ta’minotini qisqartirdi», deyiladi hisobotda. 

2022 yil oxirida Yevropa Ittifoqi Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyani ortda qoldirib, dunyoda suyultirilgan gazning asosiy xaridoriga aylandi, deb yozadi Financial Times yanvar oyida. Xalqaro energetika agentligining ta’kidlaşiça, ötgan yilning iyun oyida AQŞdan suyultirilgan gaz yetkazib beriş birinçi marta «Gazprom»ning Yevropaga eksporti hajmidan oşib ketdi. Noyabr oyida Davlat departamenti Yevropaga eksport Amerika kompaniyalari tomonidan barça ta’minotning 70 foizini taşkil qilganini ta’kidladi.  

2023 yil yanvar oyida AQŞdan suyultirilgan gazning birinçi partiyasi Germaniyaga – Quyi Saksoniyadagi Vilxelmsxafenev yangi suzuvçi terminaliga yetib keldi, u ötgan yilning dekabr oyida bir qator şunga öxşaş obektlar bilan birga oçilgandi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi va Rossiyadan tabiiy gaz yetkazib berilişi töxtatilişi fonida Germaniya hukumati suyultirilgan gaz importi uçun infratuzilma yaratişni tezlaştirdi. Şlezvig-Golşteyndagi Brunsbyutteleda yana bir terminal oçildi. Bundan taşqari, Lyubminda yana bir xususiy loyiha foydalanişga topşirildi. 

Mart oyida Germaniya kansleri Olaf Şols CNN telekanaliga bergan intervyusida Germaniya Rossiyadan gaz, kömir va neft yetkazib berişdan mustaqil bölganini aytdi. «Bir yil avval biz Rossiyadan Germaniyaga va Yevropaning köplab qismlariga gaz yetkazib berilmaydigan vaziyatga iqtisodiy jihatdan osonlik bilan bardoş bera olamiz deb heç kim kutmagan edi, lekin biz buni Ğarbiy Yevropa orqali suyultirilgan gaz yetkazib berişni köpaytiriş, Germaniyaning şimoliy qirğoğida yangi portlar quriş orqali amalga oşirdik», dedi Şols.