Dunyo miqyosidagi taniqli olim, hamkasbi Darem Ajyemöğli bilan hammualliflikda yozgan “Why Nations Fail” (“Mamlakatlar tanazzuli sabablari”) kitobining özbek tilidagi talqini taqdimotida iştirok etdi. Ilk marta 2012 yilda çop etilgan va tezda maşhurlikka erişgan kitob özbekistonlik iqtisodçi, AQŞning Viskonsin universiteti doktoranti Behzod Hoşimov muharrirligida 2021 yili ilk marta özbek tiliga ögirilgan edi.

Olim bilan uçraşuvda iqtisodçilar, bank-moliya mutaxassislari, davlat rasmiylari, jamoatçilik faollari, talabalar va yoşlar iştirok etdi. Kun.uz Jyeyms Robinsonning tadbirdagi nutqidan ayrim qismlarini keltirib ötadi.

Avvalo aytiş kerak, kitobda nega ayrim davlatlar boyib ketgan, ayrimlari esa qaşşoq, degan savol atrofidagi turli farazlar rad etilgan. Mualliflarning isbotlab berişiça, dengizga çiqiş imkoni bor-yöqligi, yerosti boyliklarining hajmi qançaligi, iqlimi, tarixi, mentaliteti va şu kabi omillar davlatlarning boy yoki kambağal bölişini belgilab bera olmaydi. Xöş, unda gap nimada?

Tadqiqotçilarning dalillariga köra, jamiyatlarning qançalik taraqqiy etişi – ularning qanday boşqarilişiga boğliq. Qaysiki jamiyat boşqaruvida keng aholi qatlamlari iştirok eta boşlasa, öşa jamiyat tezda boyiy boşlaydi. Bunday jamiyatlarda aholi, tor doiradagi şaxslar guruhi tomonidan boşqarilayotgan mamlakatlarga qaraganda, farovonroq hayot keçiradi.

Şu qadar yaqin, şu qadar farqli

Jyeyms Robinson mamlakatlar taraqqiyoti sabablari haqida köp tarqalgan qaraşlarni rad etiş uçun Koreya misolini keltirdi. Yarimorolning tunda fazodan olingan suratida uning janubiy qismida (Koreya Respublikasi) elektr çiroqlarining yoruğligi köpligini yaqqol köriş mumkin. Şimolda esa bunday yoruğlik faqat Pxenyan (KXDR poytaxti)da közga taşlanadi, qolgan aksariyat hududlar esa qoronği. Bu holat ikki mamlakatning rivojlaniş darajasi va iqtisodiyoti örtasidagi farqni yaqqol körsatib beradi.

Koreya yarimorolining tunda fazodan körinişi / Foto: Reuters / MailOnline

“1960-yillarga borib qolsangiz, bunaqa farqni körmasdingiz. Aksinça, Koreyaning şimoli janubiga qaraganda nisbatan farovonroq edi. Hozirgidek farq esa Koreya uruşidan keyin paydo böla boşladi. Bu taqqoslaşda şunisi qiziqki, Şimoliy Koreya va Janubiy Koreyaning taraqqiyot darajasidagi farqni ularning madaniyati yoki tarixi bilan izohlab bölmaydi, çunki bu borada ular bir xil. Tavofut esa ular qurgan institutlarda.