Yuan yangi mintaqaviy valuta böla oladimi? Fotograf: Kirill Kudryavsev / AFP/Getty Images

Berlindagi Rossiya-Yevrosiyo Karnegi markazi birinçi direktori Aleksandr Gabuyev Bloomberg naşriga yangi şaroitlarda Xitoy valutasining keyingi istiqbollari haqida sözlab berdi.

Xitoyning Rossiya bozoriga ta’siri yanada kuçayib bormoqda. Moskva birjasi tarixida ilk marta Xitoy yuani eng köp sotilayotgan valuta sifatida AQŞ dollarini ortda qoldirdi. Ötgan oyda yuan bozordagi uluşini savdo hajmining qariyb 40 foiziga yaqinlaştirdi.

Bu hol neçoğlik e’tiborga molik bölmasin, moliya bozorlarida umumqabul qilingan fikrlarga köra, toki Xitoy öz valutasini töliq konvertlanadigan qilmas ekan, u dollar va yevro bilan jahon valutasi sifatida baslaşa olmaydi. Bu fikrga qöşilmaslik qiyin, SWIFT ma’lumotlari ham xalqaro tölovlarda 2016 yildan buyon Xitoy valutasi Xalqaro valuta fondining maxsus qarz huquqlariga qöşilganidan söng ham yuan uluşi örtaça ösişga erişganini körsatmoqda. 

Biroq, mintaqa böyiça olib qaralganda, yuanning xalqarolaşuvi juda murakkab manzarani yaratadi. Kremlning Ukrainadagi uruşi va ğarb davlatlarining Rossiyaga nisbatan sanksiyalari tufayli xitoy yuani şimoliy Yevrosiyoda yetakçilik qiluvçi valuta bölişi mumkin bölgan yölga tuşib oldi.

Vladimir Putin qöşni davlatga keng miqyosda hujum qilgaç, valuta borasidagi qiyinçiliklar bozor mantiği köp holda geosiyosatdan ustun kelişini namoyiş etib berdi. Kreml tomonidan 2014 yilda Qrim annexia qilingaç, Rossiya iqtisodiyotini dollardan xalos etiş ham silliq keçmadi. Moskva mahalliy kompaniyalarni Xitoy bilan savdo-sotiqda rubl va yuandan foydalanişga çaqirdi. 2017 yilda AQŞ Kongressi Amerika raqiblariga qarşi sanksiyalar vositasida kuraşiş töğrisida qonun qabul qilgaç, Rossiya Markaziy banki öz valuta zaxiralari tuzilmasini jiddiy tarzda qayta körib çiqişga buyurdi. Xalqaro aktivlarning 15 foizi yuanga