Buyuk Britaniya taşqi işlar vaziri Jyeyms Kleverli Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga tarkibida kuçsizlantirilgan uran bölgan öq-dorilarni yetkazib beriş böyiça Londonga qöygan ayblovlarini rad etdi. Putinning bir kun avvalgi sözlariga munosabat bildirar ekan, u 22 mart, çorşanba kuni Ukrainadagi uruşda yadroviy keskinlaşuv haqida gap ketmayotganini aytdi. 

«Heç qanday yadroviy keskinlaşuv yöq. Dunyoda yadroviy muammolar haqida gapiradigan yagona davlat - bu Rossiya», - deya Kleverlining sözlaridan iqtibos keltirgan Reuters agentligi. 

Bir kun avval, 21 martda Britaniya Mudofaa vazirligi harbiy yordam doirasida Ukrainaga tarkibida kuçsizlantirilgan, ya’ni tabiiy urandan kamroq radioaktiv xususiyatga ega bölgan öq-dorilar yetkazib berişini tasdiqladi. Bunday öq-dorilar özining ziçligi va boşqa jismoniy xususiyatlari tufayli tanklar va zirhli transport vositalariga osonroq zarar yetkaza oladi. Mudofaa vazirligi vakili şunday dedi: «Britaniya armiyasi önlab yillar davomida zirhni teşuvçi raketalarida kuçsizlantirilgan urandan foydalanib keladi. Bu standart komponent bölib, yadroviy qurolga heç qanday aloqasi yöq. Rossiya bundan xabardor, lekin ataylab notöğri ma’lumot berişga harakat qilmoqda». Uning sözlariga köra, olimlar tomonidan olib borilgan mustaqil izlanişlar şuni körsatadiki, kuçsizlantirilgan uran öq-dorilaridan foydalanişning inson salomatligi va atrof-muhitga har qanday ta’siri past bölişi mumkin.  

Xitoy rahbari Si Jinping bilan qöşma matbuot anjumani çoğida Putin bunday öq-dorilar yetkazib beriladigan bölsa, Moskva «tegişli» javob qaytarişga majbur bölişini ta’kidladi.