Dubayda bölib ötgan taqdirlaş marosimida Payme Britaniyaning The Global Economics Limited moliyaviy naşriyoti tomonidan 2022 yildagi «Raqamli tölov xizmatlarining eng yaxşi provayderi» deb tan olindi.

Dubayda Global Economics Awards mukofotini topşiriş marosimi bölib ötdi. Unda özlarining mintaqaviy va global iqtisodiyotda eng yaxşi mehnat madaniyatini yaratiş uçun butun kuç-ğayratini sarflaydigan biznes-korxonalar mukofotlanadi. Global Economics Awards dasturi ğoliblarining qat’iyatli va nufuzining timsoli bölib xizmat qiladi va kompaniyalarga nisbatan rağbatlantiriş va işonçni mustahkamlaşga yönaltirilgan.

Payme yildan yilga takomillaşiş hamda foydalanuvçilarining turmuşini yaxşilaş uçun xizmatlar taqdim etiş ustida işlaşda davom etmoqda. Bugunga kelib esa raqamli xizmatlarni yetkazib beruvçi bu kompaniya mahalliy foydalanuvçilarning işonçi va xalqaro dasturlarning mukofotlari körinişida faoliyatining mevasidan bahramand bölmoqda. The Global Economics Limited versiyasi böyiça 2022 yildagi «Raqamli tölov xizmatlarining eng yaxşi provayderi» deb tan olinişi şunday mukofotlardan biri böldi.
«Payme uşbu nufuzli mukofotdan faxrlanadi. Bu tölovlarning innovatsion yeçimlarini va mijozlarga möljallangan yondaşuvni taqdim etiş borasidagi intilişimizdan dalolat beradi. Mahsulot va xizmatlarimizning işonçliligini tan oluvçi foydalanuvçilarimiz bizga yuksak darajada sodiq bölib kelişmoqda», – deb ta’kidlaşdi kompaniyada.

Kelgusida fintex-kompaniya tölov tizimlari va elektron tijoratni takomillaştirişga kuç sarflaşni rejalaştirmoqda. Payme işlab çiquvçilarining jamoasi xizmatlarni rivojlantirişning avvaldan belgilangan yönalişi – iste’molçilarga yangi tölov imkoniyatlarini taklif qiliş, miqyosidan qat’i nazar kundalik moliyaviy masalalarni hal etişda ustunlik taqdim etiş yölidan olğa bormoqda.
Reklama
















