17 mart kuni Niderlandiyaning Haaga şahrida joylaşgan Xalqaro jinoyat sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga oliş uçun order berdi. U va Rossiya bolalar huquqlari böyiça ombudsman Mariya Lvova-Belova Xalqaro jinoyat sudi (XJS) tomonidan ukrainalik bolalarni ommaviy tarzda öğirlaş va Rossiyaga noqonuniy narzda, ota-onalari roziligisiz olib ketişda gumonlanmoqda.
Bu qidiruv Rossiya uçun, uning prezidenti uçun nimani anglatadi? Putin çindan ham qamalişi mumkinmi? Xalqaro jinoyat sudi majburiyatlarini tan olgan davlatlar Putinni Haaga tribunaliga uşlab beradimi? Bu savollarga javobni ikki qismga böliş mumkin: huquqiy va siyosiy.
Huquqiy nuqtayi nazardan ham bir qança ziddiyatlar paydo böladi. Avvalo, dunyo davlatlari rahbarlari – prezidentlar, boş vazirlar va podşohlarning şaxsiy immuniteti – daxlsizlik huquqi böladi. Ya’ni ular istalgan paytda istalgan yerda qamoqqa olinişi, ta’qib qilinişi mumkin emas. Xöş, XJS orderi Putinning prezidentlik immunitetiga ta’sir qiladimi?
Xalqaro huquqqa köra, Haaga tribunali hukmlari davlat rahbarlarining immunitetini tan olmaydi. Agar davlat rahbarlaridan kimdir XJS tomonidan jinoyatda gumon qilinsa, sud öşa şaxsning immuniteti tugaşini kutib ötirmaydi. Agar real imkoniyat paydo bölsa, gumonlanayotgan davlat arbobini qamoqqa olaveradi.
Rossiya Haaga tribunali yurisdiksiyasini, ya’ni vakolatlarini tan olmasa, uning hukmlari kuçga ega böladimi?
Rossiya Haaga tribunali yurisdiksiyasini tan olmasligi Putinga nisbatan order kuçini yöqotmaydi. Çunki, ayblovçi tomon Ukraina, jinoyat qilingan joy – Ukraina, şuning uçun bu ayblov Rossiya uçun katta huquqiy muammo bölib qoladi.
Qolaversa, bu örinda, xalqaro munosabatlarda ham ziddiyatlar paydo böladi. Misol uçun, Haaga tribunali oldida töliq majburiyat olgan biror davlat özaro aloqalarda Putinning ham immunitetini tan olişga majbur. Bu holatda nima qiliş mumkin? Aytaylik, qöşni Tojikiston, u XJS oldida majburiyatlar olgan va Putinning immunitetini ham tan olişga majbur. Agar Rossiya prezidenti Tojikistonga kelib qolsa, rasmiy Duşanbe nima qilişi kerak?
Bu masalani Tojikiston hukumati özi hal qiladi. Agar istasa, Putinni uşlab berişi mumkin. Lekin buning ehtimoli kam. XJS oldida majburiyatlar olgan har qanday davlat yadroviy qudratga ega davlat prezidentini uşlab berişdan oldin uning real oqibatlarini hisobga oladi.
Ya’ni bugungi kunda biror davlat Putinni uşlab berişiga işoniş qiyin. Jumladan, AQŞning özi XJS oldida majburiyat olmagan. Bu Afğoniston, Iroq va boşqa davlatlardagi fojialar Haaga sudi tomonidan «xalqaro jinoyat» sifatida baholanişi ehtimoli bilan boğliq.

















