«Nasaf avtomobil bozori savdo kompleksi» MÇJ raisi Yu.A. va Qarşi şahar hokimligi mansabdor şaxslariga nisbatan Qaşqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz manbasi.
Manbaga köra, «Nasaf avtomobil bozori savdo kompleksi» MÇJda viloyat davlat soliq boşqarmasi tomonidan ötkazilgan kameral soliq tekşiruvi yuzasidan töplangan hujjatlar böyiça Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilgan. Tekşiruvda jamiyat mansabdor şaxslari va boşqalar tomonidan juda köp miqdordagi ijara tölovlari hamda divident pullari talon-toroj qilingani aniqlangan.
Jumladan, MÇJ ta’sisçilari — Yu.A. va Qarşi şahar hokimligi işonçli vakili F.I. özaro jinoiy til biriktirib, MÇJning 2021 yilgi sof foydasidan Qarşi şahar hokimligiga tegişli bölgan 51 foiz davlat uluşi –600 mln sömni mahalliy budjetga ötkazilişini ta’minlamagan. Göyoki bu pullar bozor yöllarini asfalt qilişga yönaltirilgani körsatilib, aslida quriliş işlari bajarilmagan va talon-toroj qilingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
















