U tuğilib yerni kördi, paxtani bolasiday sevdi. 90 yoşga yaqinlaşibdi hamki, uni tuproqdan, ketmon-u öroqdan birov ajratolmaydi. Bu ayol Buxoro viloyati Peşko‘ tumanida yaşovçi Qumri Zaripova. 12 farzandni tuğib katta qilgan ayolning boşidan ötganlari bitta katta kitobga siğgulik böladi.

Qumri Zaripova asli Buxoroning Şofirkon tumanida tuğilgan. Özi maktabga qatnagan 40-50 yillar haqida şunday deydi.
“Oyoğimizga bitta kaliş ololmasdik, paypoq degan narsaning özi yöq edi. Ustimizga kiyişga na çit va na satin material topilardi. Böz töqişardi. Öşani rangga böyab, köylak qilib kiygizişsa, kayfimiz çoğ bölib maktabga ketardik. U paytlar qişda 1 metrgaça qor yoğardi. Maşina yöl oçardi, orqasidan biz yuramiz, oyoğimizda etik ham bölmagan”, deb köziga yoş oldi ayol.
Özining hikoya qilişiça, maktabni juda yaxşi baholarda öqigan. Hozir ham töylarga çiqib, yodida qolgan şe’r, qöşiq va muxammaslarni aytib, davralarga fayz olib kiradi.
“Agar hozir tuğilgan bölganimda prezident Şavkat Mirziyoyevning yonida işlab yurgan bölardim. Çunki bilim kuçli, zehnim ötkir edi”, deydi u.

Biroq öşa paytdagi boşqa qizlar qatori u ham maktabni oxirigaça öqiyolmay, 7-sinfni bitira olgan, xolos. Keyin taqdir taqozosi bilan 17 yoşli qizni Peşko‘ tumani Boğumiso qişloğiga kelin qilib olib kelişadi. Şundan keyin hayotining qolgan qismi şu yer bilan boğlanib ketadi. Qişloqda uni “Gagarin buvi” deyişadi. Aytişlariça, Gagarin deyişlariga sabab u 7 aprelda kelin bölib tuşgan bölsa, oradan 5 kun ötib, Gagarin kosmosga uçgan. Şu-şu oldin “Gagarin kelin” keyin “Gagarin xola”, hozir “Gagarin buvi” deb çaqiriş odatga aylanadi.
Özi kelin bölib Boğumiso qişloğining öşa paytdagi holatini şunday ta’riflaydi.
“Men kelganda bu yerlar juda xarob ahvolda, uylar atrofi jangal bilan öralgandi. 15 kunlik kelin bölganimda, belimda fartuk boğlab qolipga ğişt quyib, taşiganman. Öşa ğiştlar bilan atrofga devor tutib örab olganmiz, odam yaşaydigan holga keltirganmiz”, deydi onaxon.
Şundan keyin turmuş örtoği bilan 6 öğil, 6 qizni oq yuvib, oq tarab katta qilgan. Öğillarining barçasiga qora mehnat orqasidan imorat qilib bergan. Turmuşi davomida hayotning barça zahmatlari va mehnatlarini totganini aytadi.

















