Şu bilan birga, agar u mamlakatga kelsa, Vaşington Rossiya prezidentini ekstraditsiya qiladimi, degan savolga javob bermadi.
Blinken Qöşma Ştatlar sudning iştirokçisi emasligini esladi: mamlakat XJS nizomini ratifikatsiya qilmagan.
«Menimça, uning yaqin orada bu yerga keliş rejasi yöq», — dedi Davlat departamenti rahbari. Putinning AQŞga sönggi taşrifi 2015 yilda bölib ötgan.
Xalqaro jinoiy sudning qarorlari uni 1998 yilda taşkil etgan xalqaro şartnoma - Rim statutini imzolagan davlatlar uçun majburiydir. Gap 123 ta davlat, jumladan Yevropaning barça mamlakatlari, Janubiy Amerika, şuningdek, Tojikiston, Janubiy Afrika, Afğoniston, Markaziy Afrika Respublikasi va Nigeriya haqida bormoqda. Biroq, ular orasida Qöşma Ştatlar ham, Rossiya ham yöq.
Xalqaro jinoiy sud Putinni hibsga olişga order bergani haqida 17 mart kuni XJS saytida xabar berilgan. Sud Rossiya prezidentini harbiy jinoyatlarda, xususan, Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bolalarni Rossiyaga majburan deportatsiya qilişda gumon qilmoqda.
Putin «uşbu jinoyatlar uçun bevosita, boşqa şaxslar bilan birgalikda yoki boşqa şaxslar orqali, şuningdek, uşbu harakatlarni sodir etgan fuqarolik va harbiy xizmatçilar ustidan tegişli nazoratni amalga oşirmagani uçun jinoiy javobgarlikka tortilişi mumkin», deyiladi xabarda.


















