Xalqaro jinoiy sud (XJS) Vladimir Putinni hibsga oliş uçun order berişidan ança oldin, «Ukraina u bilan gaplaşiş befoyda ekanini bilar edi», dedi Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba 22 mart, çorşanba kuni Politico naşriga bergan intervyusida.

Kulebaning eslatişiça, Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina hududlarida ötkazilgan «referendumlar»dan söng, 30 sentabr kuni Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi Putin bilan har qanday muzokaralar olib boriş mumkin emasligi haqida rezolyutsiya qabul qilgan. Şu bilan birga, vazir Kiyev muzokaralar ğoyasini emas, balki Rossiya prezidenti bilan şaxsiy suhbat tinçlikni ta’minlaşga yordam berişi haqidagi taxminlarni rad etişini ta’kidladi. 

Ukraina Taşqi işlar vazirligi rahbarining sözlariga köra, 2022 yilning 24 fevraliga qadar Kiyev Germaniya va Fransiya vositaçiligida Volodimir Zelenskiy prezident etib saylanganidan beri Rossiya bilan 88 ta muzokara ötkazgan. «Rossiya bu sa’y-harakatlarning barçasini oyoqosti qildi va buning örniga vahşiyona, genotsid, tajovuzkor uruşni tanladi», dedi Dmitriy Kuleba. 

Öz navbatida, u Ukraina keng kölamli bosqin boşlanganidan keyin ham til topişişga urinişlari muvaffaqiyatsiz bölganini, biroq Rossiya hujumlarini kuçaytirganini eslatdi. «Putin hamma narsani e’tiborsiz qoldirdi; u faqat köproq uruş, ukrainalik bolalar öğirlanişi, köproq ukrainaliklar öldirilişi va Ukrainaning köproq yerlarini xohlaydi. Bunday yovuzlik bilan qanday kuraşiş mumkin? Buni kuç bilan bostiriş mumkin», - dedi Kuleba.