Qayd etilişiça, 23 mart kuni Toşkent vaqti bilan soat 07:53 da Tojikistonda zilzila sodir böldi. 

Zilzila koordinatalari: 39,37 gradus şimoliy kenglik; 69,79 gradus şarqiy uzunlik. Magnituda M=4,9. Çuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toşkentdan 216 km janubi-şarqda.

Özbekiston hududida seziliş kuçi:

  • Sirdaryo viloyatida 2-3 ball, 152 km;
  • Jizzax viloyatida 2 ball, 188 km;
  • Farğona viloyatida 2 ball, 204 km;
  • Toşkent şahrida 2 ball, 216 km;
  • Namangan viloyatida 2 ball, 242 km.

23 martga ötar keçasi Özbekistonning qator hududlarida yer silkinişi kuzatilgandi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qilişiça, Toşkent vaqti bilan soat 01:07 da Tojikistonda zilzila sodir böldi. Magnituda M=6. Çuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toşkentdan 217 km janubi-şarqda.

Toşkent vaqti bilan soat 01:36 da Tojikistonda 3,9 balli ikkinçi zilzila (afterşok) sodir böldi. Zilzila episentri Toşkentdan 215 km janubi-şarqda.

21 mart kuni, Toşkent vaqti bilan soat 21:47 da Afğonistonda röy bergan 6,6 balli zilzila Özbekistonning barça hududlarida sezilgan, Toşkent şahrida yer silkinişi kuçi 5 ballni, Surxondaryo viloyatida 6 ballni taşkil etgandi.