Polşada AQŞ armiyasining birinçi doimiy garnizoni Poznan şahrida işlay boşladi. Uning vazifasi mamlakatda joylaşgan barça amerikalik harbiylarni infratuzilma bilan ta’minlaşdan iborat, deya tuşuntirdi Polşa Mudofaa vazirligi 22 mart, çorşanba kuni.
Avvalroq Pentagon garnizonda 13 nafarga yaqin harbiy va 140 nafar fuqaro xizmatçisi bölişini ma’lum qilgandi. Poznan garnizoni AQŞ Qurolli kuçlarining Yevropadagi sakkizinçi doimiy garnizoni böldi.
Bugungi kunda Polşada 11 mingga yaqin amerikalik harbiy xizmatçilar joylaştirilgan. Ularning aksariyati AQŞning turli harbiy bazalari örtasida rotatsiya böyiça almaştiriladi. Oq uy 2022 yil iyun oyida «NATOning şarqiy qanotidagi AQŞ armiyasi birinçi doimiy bölinmalari» Polşada joylaştirilişini e’lon qildi.
21 mart kuni Polşa boş vaziri örinbosari va mudofaa vaziri Mariuş Blaşçak Polşa mintaqaviy qöllab-quvvatlaş guruhini (ASG-P) AQŞ armiyasi garnizoni (USAG-P)ga aylantiriş böyiça Poznandagi Kostyuşko lagerida tantanali marosimda iştirok etdi.
Kostyuşko lageri 18-asr oxirida Mustaqillik uçun uruşda Qöşma Ştatlar tomonida jang qilgan polşalik ofitser Tadeuş Kostyuşko şarafiga nomlangan. 2022 yil iyul oyida Kostyuşko lageri nomi 2020 yildan beri Polşaning Poznan şahrida faoliyat yuritayotgan AQŞ Beşinçi armiya korpusining ilğor qömondonligi bazasiga berildi.

















