WhatsApp nihoyat 2021 yildan beri beta-versiyada bölgan yangi Windows ilovasini işga tuşirdi. U tezroq yuklanişi va messenjerning mobil versiyasini eslatuvçi soddalaştirilgan interfeys bilan ajralib turadi.
Bundan taşqari, WhatsApp desktop versiyasi endi 8 kişigaça bölgan guruhli video qönğiroqlarni va 32 kişigaça audio qönğiroqlarni qöllab-quvvatlaydi. Xizmat kelajakda foydalanuvçilarning döstlari, oila a’zolari va hamkasblari bilan boğlanişini osonlaştiriş uçun uşbu limitlarni oşirişni rejalaştirmoqda.
Şuningdek, mobil telefonlar, kompyuterlar va planşetlarni öz içiga olgan turli xil qurilmalarda xabarlar şifrlanişi ham e’lon qilindi. Ilova, şuningdek, qurilmalararo sinxronlaş, havolalarni oldindan köriş va yangi stikerlarni qöllab-quvvatlaydi.
Windows uçun yangilangan WhatsApp ilovasini Microsoft Store dökonidan yuklab oliş mumkin.

















