Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo mamlakatning NATOga kirişi haqidagi qonunni imzoladi.
1 mart kuni Finlandiya parlamenti NATOga kiriş töğrisidagi qonun loyihasini ma’qullagan edi. Loyihani 184 nafar deputat «ma’qulladi», 7 nafari «qarşi», 1 nafari «betaraf» ovoz berdi, yana 7 nafar deputat qatnaşmadi.
2022 yil may oyida Şvetsiya va Finlandiya NATOga a’zo böliş uçun ariza topşirişini rasman e’lon qildi. Avvalgi betaraflik siyosatidan voz keçiş qaroriga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi sabab böldi.
Endi Finlandiyaning NATOga kirişi uçun alyansga a’zo bölgan önlab davlatlar ariza beruvçining arizasini qöllab-quvvatlaşi kerak.
Avvalroq NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg ikkala davlat ham «NATOga bajonidil qabul qilinişi» mumkinligini aytgan edi. Biroq bu jarayon alyansning mavjud 30 a’zosi örtasida yakdillikni talab etadi.

















