Buyuk Britaniya Afğonistonda maxsus havo xizmati (SAS) harbiylari tomonidan sodir etilgan sudsiz qotilliklar yuzasidan tergov boşladi. Ular 50 dan ortiq ana şunday voqealarda gumon qilinmoqda, deb yozdi The Guardian.
Tergov Afğoniston janubidagi Hilmand viloyatida 2010 va 2011 yillarda halok bölgan 54 nafar tinç aholining ölimiga SAS bölinmasi a’zolarining aloqadorligi haqidagi ma’lumotlar paydo bölişi ortidan boşlangan.
«Qonunni buzgan har qanday şaxs tergov uçun tegişli organlarga topşirilişi şart», dedi mustaqil tergovni boşlagan lord-sudya Heddon-Keyv. Şu bilan birga jinoyatlarda aybsiz bölganlardan «köplab şubhalarni» olib taşlaş zarurligini ta’kidladi.
«Bu qurolli kuçlar obrösi uçun ham, mamlakat uçun ham juda muhim», dedi sudya.
Tergov davomida «Tolibon» harakatidan dalil oliş niyati, şuningdek, Afğonistondagi guvohlar bilan muloqot qiliş bilan boğliq tösiqlar haqida söralganda, Heddon-Keyv öz jamoasi bilan birga «qöldan kelgan barça işni» bajarişini ta’kidladi.
Iş böyiça birinçi sud majlisi 25 aprel kuni Londonda bölib ötadi. Yiğilişda «köpçiligi maxfiy bölgan minglab hujjatlar»ni tekşiriş boşlanadi. Şundan söng, harbiy amaliyotlar va Britaniya kuçlarining Afğonistondagi örni böyiça dastlabki brifinglar ötkaziladi.
Heddon-Keyv sözlariga köra, u mahkamalarni oçiq tarzda ötkaziş tarafdori, ammo milliy xavfsizlik va guvohlarni himoya qiliş zarurati ba’zi mahkamalarni yopiq eşiklar ortida ötkazişni talab qiladi.
Xususan, SAS kabi maxsus kuçlar a’zolarining körsatmalari haqida gap ketganda, sudya tergov guruhidan boşqa har qanday şaxsning sud majlisida iştirok etişi «ilojsiz» ekanini aytdi.

















