Jinoyat kodeksiga jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş mahkum oğir jinoyati uçun jazo muddatining kamida uçdan ikki qismini (ilgari yarmini edi), öta oğir jinoyati uçun esa törtdan uç qismini (ilgari uçdan ikki qismi edi) ötaganidan keyin qöllanilişiga oid özgartiş kiritildi.

Mazkur jinoyatlar uçun jazoni yengilroği bilan almaştiriş esa tegişli oğir jinoyat uçun jazoning yarmini (ilgari uçdan bir qismini edi) hamda öta oğir jinoyat uçun jazoning uçdan ikki qismini (ilgari yarmini edi) ötaganidan keyin qöllaniladi.

Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tuşirişga va ulardan intervyu olişga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvçi organning ruxsati ham olinişiga oid talab qöyildi.

Mahkumlarga navbatdagi uçraşuvdan mahrum qiliş tarzidagi intizomiy jazo çorasi kiritildi. Saqlaş rejimini aşaddiy buzuvçi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar töğrisida taqdimnoma kiritiladi:

  • manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan – turmaga ötkaziş töğrisida;
  • manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan – maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan – turmaga qaytariş haqida.

Ilgari mazkur tartiblar intizomiy jazo sifatida Jazoni ijro etiş muassasalari tomonidan qöllanilgan.