Putin uçun sanksiyalardan ham oğirroq order: u legitimlikka berilgan zarba
|00:59 / 24.03.202365 11412 min
Haagadagi Xalqaro jinoiy sudining Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga oliş böyiça orderining hozirda töğridan töğri yuridik oqibatlari röy bergani yöq, biroq allaqaçon diplomatik oqibatlar böy körsata boşladi.
Foto: Aleksey Nikolskiy / AP / Scanpix / LETAFoto: Aleksey Nikolskiy / AP / Scanpix / LETA
XJS qarori hozirning özida AQŞ va Yevropa bilan aloqalariga putur yetib bölgan Rossiyaning Ğarbdan bölmagan davlatlar bilan yaqinlaşuvini qiyinlaştiradi. Order prezidentning öz apparati bilan munosabatlariga ham ta’sir qiladi: agar Ğarb sanksiyalaridan söng çeklovlardan yuqori turgan Putin sanksiyaga tuşgan qöl ostidagilar nima qilişini kuzatgan bölsa, endi atrofidagilar davlat rahbari bilan nima bölişini kuzatmoqda.
Bularning bari Rossiya prezidentiga qanday tahdid qilişi borasida xalqaro tinçlik böyiça Karnegi fondi katta ilmiy xodimi Aleksandr Baunov fikr yuritdi.
* * *
Roppa-rosa töqqiz yil muqaddam Rossiya elitasi sanksiyalar ostiga tuşişdan qoçuvçilar va va sanksiyaga tuşişni istovçilarga bölindi. 2014 yil martida ğarb hukumatlari va institutlari Qrim annexiasi bilan boğliq şaxslarga qarşi ilk personal sanksiyalar röyxatini e’lon qildi. Öşanda bu qadam Rossiya rahbariyatini Putinni falokatli xatolardan qaytarişi mumkin bölgan nisbatan soğlom va toksik aktivga böla olmagan edi.
Haagadagi xalqaro jinoyat sudi Vladimir Putinni hibsga oliş uçun order berib masalaga boşqaça yöl bilan yondaşmoqda. Ğarb hukumatlarining sanksiya strategiyasi pastdan tepaga qarab yönalgan edi, sud esa öz strategiyasini tepadan pastga qarab qurmoqda.
Sanksiya keltirgan böliniş
2014 yilgi sanksiya röyxatlari boşqa davlat hisobiga çegaralarni kengaytiriş uçun jazolaş vazifasi bilan birga Putin siyosati uçun nomenklaturaviy posangi yaratişga qaratilgan edi. Lekin öşandayoq Rossiya yuqori doiralarida Putinni öz hissiyotlari va istaklariga qarşi ölaroq harakat qilişga majburlaş uçun kuç va vositalar juda kam edi.
Natijada, Ğarbda obro‘-e’tibori yaxşiroq, sanksiyalar ostiga tuşiş imkoniyati kamroq bölgan yuqori doira vakillari şunçaki yoqimsiz davrlarni kutiş bilan ötkazib, özining odatdagi işlari bilan şuğullana boşlaşdi. Sanksiya ostiga tuşganlar esa Ğarb tomonidan «peşonasiga surtilgan qora kuya»ni Rossiya içida ajralib turuvçi nişonga — Rossiya nomenklaturasi içida raqobat ustunligiga aylantirişga harakat qilişdi. Sanksiyalar ostida ekanligi faktining özini ular duşmanlar tomonidan berilgan «Putin va uning rejimiga sadoqat sertifikati», evaziga şaxsiy komfort qurbon qilingan vatanparvarligi kafolati sifatida taqdim eta boşlaşdi.
Bunday holatlarda odatiy tarzda bölganidek, birinçi guruhga jahon iqtisodiyotiga çuqur integratsiyalaşgan funksionerlar, har qanday rejim: xoh u diktatorlik bölsin, xoh liberal — kompetensiyalarga ega texnokratlar mansub edi. Ikkinçi toifadan asosiy tovari rahbariyatga sadoqat bölganlar: ğarbga qarşi unsurlar, possovet nostalgiyasi, konservativ diniy tus olgan ritorikaga ega bölganlar joy ola boşladi.
Mavzuga oid
Ularning ayrimlari Putin va Rossiya aholisida sanksiya ostiga tuşmaganlarning vatanparvarligi borasida şubha paydo qilişga ham urinib körişdi. Ğarbni foş qiliş bilan birga Yevropaning eng sölim göşalaridagi uylariga borib yaşaşni birgalikda olib borişga sanksiyalar yöl qöymasdi. Boşqaça aytganda, uruşgaça bölgan birinçi qismda biz 2022 yil 24 fevraldan söng Rossiyada yuz berayotgan narsalarning ança ehtiyotkorona şart-şaroitlardagisini kuzatdik.
Bu ikki strategiya prinsipal jihatdan turliça bölgan ikkita karera investitsiyasi edi va ikki turli taşqi siyosiy kurs va turliça davlat ritorikasini talab qilardi. Qrim va Donbassdan keyingi sanksiyalar Rossiya içidagi oliy doiralarda Ğarb bilan keskin munosabatlardan umumiy manfaatlarga ega, bu munosabatlarni yaxşilaşga intiluvçilarga esa gumon nazari bilan qarovçi funksionerlarning jips guruhini şakllantirdi.
Putinning özi sanksiya ostida bölmagan amaldorlar guruhiga mansub edi (Ğarb oliy darajada muloqot qiliş uçun imkoniyat qoldirişni ma’qul körgan edi), lekin çeklovlar ostida bölganlarga simpatiya bildirardi. Alal-oqibat, prezidentning qarorlarini bajarib va qöllab ular ziyonda qolişgandi, Putin esa buning evaziga ularni tezlaştirilgan karera va ortiqça e’tibor bilan siylaşga tayyor edi.
Darajasi pastroq insonlar ham sanksiyalardan rahbariyat va davlat apparati bilan munosabatlarda foydalanişga urindi: «sanksiya uruşi veteranlari va nogironlari»ga kareraviy va moddiy kompensatsiya nazarda tutilgan, buni rad etganlar çinakam vatanparvarlarga qarşi çiqayotganlar, deb baholanadi. Umuman olganda, şu paytgaça sanksiya röyxatlar şu qadar uzayib ketdiki, ularda mavjud böliş boşqa amaldorlar va kompaniyalar fonida ajralmay qoldi. Bank sohasida ham sanksiyalardan qoçib qolganlik u yoki bu darajada noyob va qimmatli aktiv sifatida baholana boşlandi, axir işlaş ham kerak-da.
Kuzatuvçilar va kuzatuvçi
Birdaniga prezidentni hibsga oliş uçun yozilgan order Rossiya oliy doirasidagi şubhalar bilan töyingan muhitda Rossiya elitasi tomonidan özlarini gadoy qiliş u yoqda tursin, qamoqqa ham olib borib tiqadigan Putinni tark etişga taklifnoma sifatida öqiladi. Putinning atrofida emas, unga qarşi birlaşuv uçun çaqiriq sifatida. Bu holatda agar orderlar soni oşib boradigan bölsa, sanksiyalar bilan boğliq vaziyatlar takrorlanişi ham mumkin. Birovlar ta’qib xavfidan himoyalana boşlaydi, boşqalari esa Putindan keyin kim orderni qölga kiritişi böyiça musobaqaga kirişadi.
Biroq, sanksiya röyxati va Xalqaro sudning hozirça kaltagina röyxati örtasida muhim bir farq bor. Rossiya nomenklaturasiga nisbatan sanksiya röyxatlari pastdan yuqoriga qarab qurilgan edi. Ilk sanksiyalar muayyan harakatlar uçun javobgar deya topilganlarga qarşi joriy etilgan edi: Magnitskiy ölimi, Qrim annexiasi, Donbassdagi öşa paytdagi gibrid uruş uçun. Eng yuqoriga — Rossiya davlati va hukumati birinçi raqamli şaxslariga bu röyxat Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga keng miqyosida bostirib kirganidan söng yetib bordi. Bu vaqtga kelib Rossiya elitasining katta qismi sanksiyalar ostida edi, qolganlarining aksariyat qismi ham tezda bu röyxatga qöşildi.
Xalqaro jinoiy sud esa, aksinça, ta’qibni eng yuqoridan boşladi. Sud boş prokurori Karim Xon Putinga qarşi orderni taassufli voqea va boşqa suriştiruvlardagi birinçi qadam deb atadi. Bu vertikal, tepadan pasga qaratib qurilgan yondaşuv ma’lum bir şaroitlarda rejim rahbari va uning apparati örtasida çiziq tortiş uçun eng yaxşi vosita ham bölişi mumkin.
Order bilan boğliq vaziyat sanksiyalarnikidan farqli körinişga ega. Öşanda sanksiyalardan yuqori turgan Putin öz atrofidagi sanksiyaga tuşgan insonlarga nima bölişini kuzatayotgan edi. Endi uning atrofidagilar unga nima bölişini kuzatadi.
Kelgusida Rossiya elitasining boşqa vakillarga nisbatan hibs uçun orderlar yozilişi özining sadoqatli ekanini isbotlaş uçun bahona ham bölişi mumkin. Biroq hozirça çiziq hali ta’qib ostida bölmagan apparat va Putin örtasida ötkazilgan. Hozirça u orderning bir tomonida, uning atrofidagilar esa boşqa tomonda.
Köp yillar davomida Miloşeviçga xizmat qilib kelgan davlat apparati u yiqitilgaç, uni darhol uşlab Haagaga topşirgan. Yoki Fransisko Franko tomonidan öz rejimini davom ettiriş uçun qurilgan nomenklatura uni buziş uçun jon jahdi bilan kirişgani, birinçi şaxslar ketişi va ularning siyosat vektori ham özgarişini yodga oliş mumkin.
Taşqi siyosiy qiyinçiliklar
Rossiya Xitoy va AQŞ bilan bir qatorda Xalqaro jinoiy sud (XJS) yurisdiksiyasini tan olmaydigan davlatlar sirasiga kiradi, bu borada berilgan order uning uçun zarraça ahamiyatsiz. Putin yaqin kelajakda heç qanday orderlarsiz ham özi duşman deb biladigan ğarb davlatlariga qadam bosa olmaydi, u xoh XJS yurisdiksiyasini tan oladigan Yevropa bölsin, xoh tan olmaydigan AQŞ.
2022 yilda Rossiya prezidenti nafaqat ihotalanişdan çöçib, öz xavfsizligidan ham xazir bölib Indoneziyada ötgan G20 sammitiga bormadi. Hattoki mamlakat içida sayohat qila turib u samolyotlardan köra maxsus zirhli poyezdni afzal bilmoqda.
Boşqa tomondan, Putin agar uni qabul qilişga tayyor ğarbdan bölmagan davlatlardan biriga borişga qaror qilsa, masalan KXŞT a’zosi bölgan Tojikistonga, u yerda mahalliy hukumat tomonidan uning qöliga kişan urilişini tasavvur qiliş qiyin. Bu Ğarbdan bölmagan, XJS yurisdiksiyasini tan oladigan köplab davlatlarga ham taalluqli.
Lekin Putin uçun ruxsat berilgan narsa, davlat apparatining quyi lavozimidagi şaxslar uçun imkonsiz. Agar ularga ham order çiqarilsa, XJS yurisdiksiyasini tan oluvçi mamlakatlarda uşlaniş va söroq qiliniş xavfi juda yuqori. Putin har qanday davlatga, jumladan, Ğarbdan bölmagan davlatlarga ham bir özi emas, kattakon delegatsiya bilan yöl oladi, işlarning katta qismi birinçi şaxs iştirokisiz bajariladi.
Ğarb sanksiyalari Rossiya nomenklaturasining sayohat qiliş, köçmas mulk xarid qiliş, xalqaro ommaviy tadbirlarda iştirok etiş imkoniyatini qattiq qisqartirdi. Endi Ğarbdan bölmagan köplab davlatlar ham xavfli zonaga aylanişi mumkin. Rossiya rivojlanayotgan dunyoning Ğarbdan noroziligini neçoğlik urğulamasin, ularning köpçiligining hukumatlari ğarb poytaxtlari bilan Rossiyaga nisbatan yaqinroq aloqalarga ega. Dunyo endi Rossiya uçun yanada yopiladi. Rossiyalik boşliqlar uçun esa bu öz xodimlarini xorijga kamroq qöyib yuborişi uçun qöşimça bahona böladi.
XJS orderi hozirça töğridan töğri yuridik oqibatlar keltirib çiqarayotgan bölmasa-da, diplomatik oqibatlar böy körsatmoqda. Aynan hozir XJS orderi Ğarb va rivojlangan eski Şarq bilan buzilgan munosabatlari örniga Global Janub bilan yaqinlaşişga harakat qilayotgan Moskvaning Ğarbdan bölmagan davlatlar bilan munosabatlarini qiyinlaştiradi.
Kremlning yirik Ğarbdan bölmagan suhbatdoşlari — Xitoy, Hindiston, Turkiya ham XJSni tan olmaydi. Lekin uni Rossiya özini ularga ğarb neomustamlakaçiligi uçun kuraşda bayroqdor sifatida taqdim etişga urinayotgan butun Afrika va Lotin Amerikasi tan oladi. Afrikaning ayrim davlatlari nafaqat XJSni tan oladi, odil sudlovni amalga oşiriş uçun jips hamkorlik ham qiladi.
XJS yurisdiksiyasini tan oladigan Janubiy Afrika Respublikasida ötadigan G20 sammitida Putinning şaxsan iştirok etiş imkoniyatlari ordergaça bölgan davrdan boşqaçaroq yangramoqda. Axir JAR Rossiya Ğarbga qarama-qarşi qöyişga örganib qolgan BRIKS formatining a’zosi ham, XJS yurisdiksiyasini BRIKSning yana bir a’zosi — Braziliya ham tan oladi.
Diktatorlar doim xalqaro aloqalar va xorijiy hukumatlar tomonidan tan oliniş evaziga legitimlikka erişişga harakat qilişadi. Mamlakat içkarisida legitimlik tanqisligiga duçor bölgan avtoritar rejim uni xalqaro munosabatlar orqali töldirişga harakat qiladi: qaranglar, bizni kimlar tan oladi, bizga kimlar mehmonga kelişadi va bizni kimlar mehmon qilişdan xursand, qabilida.
Frankodan Çauşeskugaça, Kastrodan Putingaça istalgan diktatura xalqaro formatlarda öz iştirokini imkon qadar sezilarli qilişga uringani, öz dohiylari taşrifini taşkillaştirişi, xorijiy, ayniqsa demokratik davlatlarning hurmatli yetakçilarini mamlakatga çaqirişi bejiz emas. Barçasi erkinlik kabi nozik masalalarda ham çimçilab oluvçi hukumatlar tomonidan legitimlik tan olinişida şubha bölmasligi uçun.
XJS orderi esa xalqaro munosabatlar orqali şundoq ham uruş tufayli imkoniyatlari ança pasaygan Putinning bu legitimligiga yana bir zarba beradi.