Özbekiston soğliqni saqlaş vaziri Amrillo Inoyatov boşçiligidagi delegatsiya «Soğlom jamiyat» forumida iştirok etiş uçun Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg şahrida safarda bölib turibdi.
Vazirlik delegatsiyasi forum oldidan ilk uçraşuvni Sankt-Peterburg şahri gubernatori örinbosari Oleg Ergaşev bilan ötkazdi.
«Muloqotda A. Inoyatov soğliqni saqlaş sohasi böyiça özaro hamkorlik aloqalari keyingi yillarda izçil rivojlanayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining munosib hissasi borligini alohida ta’kidladi.
Jumladan, ötgan yil 6-9 noyabr kunlari Sankt-Peterburg gubernatori A.Beglovning Özbekistonga safari davomida erişilgan kelişuvlar ham bugun amaliyotda ijobiy natijalarini bermoqda.
Masalan, hozir yurtimizda 22 ta xorijiy universitet bilan hamkorlikda tibbiyot kadrlari tayyorlanmoqda. Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti şulardan biri.
Xususan, mazkur universitet va Qoraqalpoğiston tibbiyot instituti örtasida erişilgan kelişuvga muvofiq, xalqaro qöşma ta’lim dasturi asosida klinik ordinatura taşkil etilgan. Kelgusida Orolböyi mintaqasida ikki oliy öquv yurtining qöşma klinikasini oçiş rejalaştirilyapti», deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.
Bundan taşqari, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti bilan Özbekiston Respublikasi ixtisoslaştirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi örtasida kadrlar tayyorlaş va mutaxassislar malakasini oşiriş böyiça hamkorlik aloqalari kengaymoqda.
Toşkent pediatriya tibbiyot instituti va Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti örtasidagi kelişuv asosida 2018 yildan qöşma ta’lim dasturi asosida talabalar öqitilayotgani ham ijobiy natija. Şu kunlarda birgina Sankt-Peterburgdagi mazkur nufuzli oliy öquv yurtida 300 nafarga yaqin özbekistonlik talaba tahsil olmoqda.
Şuningdek, muloqotda Özbekiston Respublikasi ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Sankt-Peterburg şahridagi Rossiya Federatsiyasi soğliqni saqlaş vazirligi N.Petrov nomidagi onkologiya milliy tadqiqot markazi örtasida klinik ordinatura böyiça qöşma ta’lim dasturini amalga oşiriş masalasi körib çiqilgan.
Uçraşuvda tibbiyot sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kengaytiriş va mustahkamlaş hamda tor soha mutaxassislarini tayyorlaş istiqbollari muhokama etilgan.

















