Toşkentdagi yangi qurilgan köp qavatli uylarning devori zilziladan söng yorilib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Kun.uz hodisa joyiga borib, mutasaddilardan holat yuzasidan izoh oldi.
Yaşnobod tumani hokimining quriliş masalalari böyiça örinbosari Izzatilla Ziyovuddinovga köra bino ikki yildan buyon şu holatda turibdi va fasad qismining köçib tuşişi 23 mart kuni tunda sodir bölgan zilzila bilan boğliq emas.

“Bu loyiha Parkent Plaza-3 loyihasi bölib, internetda tarqalgan videoning zilzilaga mutlaqo aloqasi yöq. Binoning fasadi ikki yildan beri mana şu holatda turibdi. Bino fasadidagi dekoratsiya tuşib ketgani sababli uning joyini penoplast bilan yopib qöyişgan. Xodimlarimiz bilan uylarning içlarini körib çiqdik, içkarida heç qanday yoriqlar yöq.
Bu uylarni qurgan FDG kompaniyasi quriliş materiallarini olgan firma bilan sudlaşib, sentabr oyida sudda yutib çiqişgan. Endi ular fasad öpirilib tuşgan joylarni qaytadan töğrilab çiqişadi”, deydi Izzatilla Ziyovuddinov.

Rasmiylarning sözlariga işonç hosil qiliş maqsadida bir qator xonadonlarga kirib, u yerda yoriqlar bor-yöqligi, fasad qismining köçib tuşişi içkariga ta’sir körsatgan yoki körsatmagani bilan qiziqdik.

Kuzatuvlarimiz davomida uylarning içida heç qanday yoriqlar yoki darz ketiş alomatlariga közimiz tuşmadi. Qolaversa, şu yerda yaşovçilar ham fasad ança oldin öpirilib tuşganini tasdiqlaşdi.




















