Gurjistonga taşrif buyurgan Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Gurjiston muxolifat partiyalari vakillari bilan qamoqdagi sobiq prezident Mixail Saakaşvilining ahvolini muhokama qildi. Bu haqda 24 mart, juma kuni «Birlaşgan milliy harakat» partiyasi boş kotibi Petre Tsiskarişvili ma’lumot berdi.
«Uning hayoti xavf ostida, ölişi mumkin, soğliği oğir ahvolda. Biz Berbok xonimga buni tuşuntirdik. U bu masala böyiça keng qamrovli ma’lumotga ega edi», — deya Tsiskarişvilining sözlarini keltirgan «Interfaks». Uçraşuvda, uning sözlariga köra, Saakaşvilini davolaşga Polşadan kelgan şifokorlarni jalb qiliş masalasi muhokama qilingan.
Gurjistonda Mixail Saakaşviliga qarşi beşta jinoiy iş oçildi. U 2021 yil sentabrida, saylovdan biroz oldin yaşirinça vataniga qaytdi. Bir neça kundan keyin politsiya va razvedka idoralari siyosatçini topişga muvaffaq böldi. U Tbilisida hibsga olingan.
2021 yil oktyabr oyida Mixail Saakaşvili qamoqxonada 50 kun davomida oçlik e’lon qildi va reabilitatsiya uçun Goridagi harbiy gospitalga ötkazilgandan keyingina uni töxtatdi. Biroq, 2022 yil fevralida qamoqxonaga qaytgan siyosatçi yana 20 kun davom etgan oçlik e’lon qildi.
May oyidan beri u soğliği yomonlaşgani sababli qamoqdan köçirilgan va Tbilisi çekkasidagi xususiy klinikada alohida xonada saqlanmoqda. Gurjiston poytaxtida Mixail Saakaşvilini ozod etiş talabi bilan bir neça norozilik namoyişlari bölib ötdi.
2023 yil fevralida Tbilisi sudi sobiq prezidentni soğliği holatiga qaramay, ozodlikka çiqarişni rad etdi. Boşqalar qatorida Yevroparlament va Gurjiston sobiq prezidenti fuqarosi bölgan Ukraina hukumati Saakaşvilini ozod qilişga çaqirmoqda.

















