Uzoq vaqt davomida öqituvçilar arzimagan maoş uçun işdan taşqari vaqtda ham majburiy mehnatga jalb qilindi. Yuqori taşkilot, hokimlik xodimlari tomonidan maktablar buyruqbozlik nuqtasiga aylantirildi. Buning oqibatida pedagoglar ta’lim bilan şuğullanib emas, hisobot yuritiş kabi turli qoğozbozlikni bajariş bilan maşğul bölişdi.

Yangilanayotgan konstitutsiyaning 52-moddasi bilan yuqoridagilarning barçasi tarixga aylanişi mumkin. Unga köra, Özbekistonda öqituvçining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantiriş, soğlom, barkamol avlodni şakllantiriş hamda tarbiyalaş, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlaş, boyitişning asosi sifatida e’tirof etiladi.

Davlat öqituvçilar şa’ni va qadr-qimmatini himoya qiliş, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan ösişiga ğamxörlik qiladi.

Ma’lumot uçun, yangi Konstitutsiya loyihasining 50-, 51-, 52-moddalar aynan bolalarning maktabgaça va maktab ta’limini olişdagi huquqlari, oliy ta’lim oliş masalasi hamda pedagoglarning qonuniy manfaatlarini himoya qilişga bağişlangan.