«Putinning oşpazi» rahbarlik qilayotgan «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi Ukrainaning Baxmut şahri atrofida va içida siquvni davom ettirmoqda. Allaqaçon şahar mavzelarining yarmi egallangan, qolgan qismi ham tez orada qurşab olinişi mumkin.

Yevgeniy Prigojin öz yollanma jangarilari bilan. Foto: «Vagner» XHK.

Lekin şunga qaramasdan Ukraina qömondonligi şahar mudofaasini ta’minlaşga qaror qildi va zaxiraning yana bir qismini şu yönalişga taşladi. Bu «vagnerçilar»ning siljişini töxtatmagan bölsa-da, ança sekinlaştirdi. Şu bilan bir vaqtda son jihatdan kiçikroq Ukraina armiyasini turli yönalişlardan siqişga kirişgan Rossiya muntazam armiyasi natijaga erişa olmayapti.

Xöş, aynan nima «Vagner» XHKni Rossiyaning eng samarali harbiy kuçiga aylantirdi? Unga qarşi Ukraina qurolli kuçlari nima qila oladi? «Meduza» «Vagner» XHKning taktikasini batafsil örganib çiqdi.

Sönggi yilda «Vagner» Ukrainada qanday jang olib bordi?

Putinga yaqin tadbirkor Yevgeniy Prigojin tomonidan nazorat qilinadigan «Vagner» XHK Ukrainaga bosqinning dastlabki kunlari va haftalarida iştirok etmagan. Yollanma jangarilar faqat 2022 yilning apreliga kelib Ukrainaga taşlangan. Öşanda şturm otryadlari Luhansk oblastining Popasna şahri uçun janglarga kirişgandi. Şahar 2015 yildan buyon Ukraina qöşinlari va özini özi mustaqil deya atab olgan «LXR» ayirmaçilarining «töqnaşuv çiziği»da edi. Bu joy Kiyev tomonidan mudofaaga yaxşi tayyorlangandi.

Bu vaqtga kelib rus qömondonligi Kiyev, Xarkiv va Mikolayiv ostonasida qaqşatqiç mağlubiyatga uçrab, Donbassda bir neça yönalişda hujum boşlagandi. Bu hujumlarning katta qismi heç narsa bilan tugamadi, biroq «Vagner» XHK Ukraina armiyasini Popasna şahridan siqib çiqarişga muvaffaq böldi.

Şu bilan olğa siljiş tugadi

Nega?

Rossiya qömondonligi muvaffaqiyatni rivojlantirib, 2022 yilning yozgi kampaniyasini Ukrainaning Severodonetsk va Lisiçansk şaharlaridagi bölinmalarini qurşab olib, nuqta qöymoqçi böldi.