Kreditorlar Ukrainaga yana tört yil davomida qarzlarini qaytarmaslikka ruxsat berişdi. Kiyev tomonidan ularning tölovlariga moratoriy 2027 yilgaça uzaytirildi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi. 

Agentlikning aniqlik kiritişiça, bu qaror Kiyevga Xalqaro valuta jamğarmasi (XVJ) tomonidan 15,6 milliard dollar ajratiş böyiça dastlabki kelişuvga erişilganidan keyin qabul qilingan. 

Qayd etilişiça, bu XVJ tarixida harbiy mojaroda iştirok etayotgan davlatga berilgan birinçi kredit böladi. Uşbu dastur tört yilga möljallangan. 

«Bu dasturning asosiy maqsadlari favqulodda yuqori noaniqlik şaroitida iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni saqlaş, qarz barqarorligini tiklaş va mojarodan keyin Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşiliş yölida tiklanişini qöllab-quvvatlaşdir», deb bayonot berdi XVJ.