Ukrainada uruşning 395-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya 1 iyul kuni Belarusda taktik yadroviy qurollarni saqlaş ombori qurilişini yakunlaydi. Bu haqda RF prezidenti Vladimir Putin VGTRK uçun intervyusida ma’lum qildi.
  • Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniyning ma’lum qilişiça, ukrain harbiylarining «titanlarça sa’y-harakatlari» evaziga Baxmut yönalişida vaziyatni «barqarorlaştirişga erişilgan».
  • Ukraina hozirça qurollar va öq-dorilar yetişmovçiligi tufayli kutilayotgan qarşi hujumni boşlay olmaydi, bu haqda mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy aytib ötdi.
  • BMT missiyasi ma’lum qilişiça, Rossiya ham, Ukraina ham harbiy asirlar öldirilişiga aloqador hisoblanadi. Ukraina TIV taşkilot hisobotiga munosabat bildirib, «tajovuz qurboni zimmasiga mas’uliyat yuklaşni qabul qilib bölmasligi»ni ma’lum qildi.
  • Davlat dumasi spikeri Vyaçeslav Volodin Putinni hibsga olişga order bergan Xalqaro jinoiy sudning RFda faoliyatini töxtatişni taklif etdi.
  • Avstriyadagilar agar Putin mamlakatga kelsa, uni qölga olib, Xalqaro jinoiy sudga topşirişga va’da berişdi.
  • Yevgeniy Prigojin «Vagner» XHK tomonidan yollangan beş ming mahbus Ukrainadagi uruşdan qaytganini aytdi. Uning sözlariga köra, ular afv etilgan.
  • TASS va «Moskva» agentliklariga köra, RF tergov qömitasi iqtisodçi Konstantin Soninga qarşi Rossiya armiyasi töğrisidagi «feyk» moddasi böyiça jinoiy iş qözğatgan.

Kun kadri

Donetsk oblastining Bogorodiçnoye qişloğida yaşovçi 56 yoşli Yuriy Ponurenko insonparvarlik yordamini olib uyiga qaytmoqda. Sönggi oylarda uşbu qişloqda hayot jonlana boşlagan. 2022 yil iyunida Bogorodiçnoye hududida şiddatli janglar keçgan, avgust oyida ham qişloq Rossiya kuçlari nazoratida edi, ammo sentabrga kelib uni Ukraina qurolli kuçlari ozod etdi.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Baxmut atrofida Ukraina armiyasi zenitçilari pozitsiyasi: Rossiya kuçlari yurişining yettinçi oyiga kelib Ukraina armiyasi frontning eng murakkab uçastkasidagi vaziyatni barqarorlaştirişga erişdi