Beşta davlat Taşqi işlar vazirliklari XOQ Ijroiya qömitasi yiğilişi boşlanişi oldidan qöşma bayonot çiqarib, taşkilot avvalgi pozitsiyasidan qaytganidan afsusda ekanini bildirdi.
«Sportçilarning roli ularning fuqaroligi bilan emas, balki Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşini davom ettirayotgan Kreml rejimini qöllab-quvvatlovçi hokimiyat va kompaniyalar tomonidan homiylik hamda qöllab-quvvatlanişi yoki hatto Rossiya armiyasi bilan bevosita boğliqligi orqali belgilanadi», deyiladi bayonotda.
Beşta davlat «Rossiya harbiylari har kuni Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga, jumladan, sport inşootlariga hujum qilişda va ukrainaliklarni, şu jumladan ukrainalik sportçilarni öldirişda davom etayotganini eslatdi. Millionlab Ukraina fuqarolari, jumladan, sportçilar va ularning oilalari uylarini tark etişga majbur böldi. Ukrainalik köplab sportçilar Rossiyaning öz mamlakatlariga hujumi tufayli hali ham sport musobaqalarida qatnaşa olmayapti», deya ta’kidlanadi Taşqi işlar vazirliklari bayonotida.
Xalqaro olimpiya qömitasi prezidenti Tomas Bax 23 mart kuni Essen şahrida sözlagan nutqida rossiyalik va belaruslik sportçilarning musobaqalarga kirişi uçun şaroit yaratiş tarafdori ekanini aytgandi. XOQ rahbarining sözlariga köra, rossiyaliklar va belarusliklarning faqat fuqaroligi böyiça çetlatilişi «diskriminatsiya» böladi, Olimpiya öyinlari esa «qisqa vaqtda muloqotga hissa qöşişi mumkin».
Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşida XOQ Rossiya va Belarusni musobaqadan çetlaştirişni tavsiya qilgan bölsa, endi Tomas Bax boşçiligidagi taşkilot 2024 yilda Parijda bölib ötadigan Olimpiya öyinlari arafasida neytral bayroq ostida sportçilarni qabul qilişni yoqlamoqda.
Bax «sportga siyosiy ta’sir körsatiş» va ruslarga «göyo ular jamoaviy aybdordek» munosabatda böliş haqidagi har qanday taklifga qarşi ekanligini aytdi. Avvalroq XOQ yakuniy qarorni sport federatsiyalariga qoldirgan holda, «uruşni faol qöllab-quvvatlovçi» sportçilarga ruxsat berişni istamasligini bildirgan edi.

















