Qayd etilişiça, pedagog xodimni mehnatga biron-bir şaklda ma’muriy tarzda majburlaş uçun ma’muriy va jinoiy javobgarliklar kuçaytirilmoqda. Umumiy holatda biror şaxsni majburiy mehnatga jalb etiş 30 mln sömgaça (100 baravar) jarimaga sabab bölsa, endilikda pedagoglarni majburiy mehnatga jalb qiliş 45 mln sömgaça (150 baravar) jarima bilan jazolanişi mumkin.
Jinoyat kodeksida ham pedagoglarga qarşi harakat uçun alohida jinoiy javobgarlik belgilandi va jazo kuçaytirildi. Pedagog xodimni mehnatga biron-bir şaklda ma’muriy tarzda majburlaş uçun, agar xuddi şunday qilmiş uçun ma’muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, 45 mln sömdan 60 mln sömgaça jarima yoki 3 yilgaça muayyan huquqdan mahrum qiliş yoxud 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari jazosi belgilandi.
Ta’lim taşkiloti pedagog xodimining kasbiy faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşiş yoki öz xizmat vazifalarini bajarişiga tösqinlik qiliş uçun ham ma’muriy javobgarlik kuçaytirildi. Endilikda bu qilmiş uçun fuqarolarga 2,1 mln sömdan 4,5 mln sömgaça jarima, mansabdor şaxslarga esa 3 mln sömdan 6 mln sömgaça jarima belgilanmoqda.
“E’tiborli jihati, ilgari pedagogning faoliyatiga noqonuniy aralaşiş uçun faqat jarima jazosi belgilangandi. Endilikda uşbu qilmişni takroran sodir etgan mansabdor şaxslarga 15 sutkagaça ma’muriy qamoq belgilanişi mumkin. Uşbu qonun jamiyatda pedagoglarning nufuzi va obrösini oşiriş yölidagi navbatdagi mantiqiy qadam böldi.
Faqat ilm, ta’limni rivojlantiriş orqali biz buyuk davlat qura olamiz. Faqat ilmlilargina buyuk işlarga qodir. Barça ustozlarimizga uşbu yangilik muborak bölsin. Endi siz qonun himoyasidasiz”, deb yozadi Komil Allamjonov.

















