25 mart kuni «Rossiya 24» telekanalida Vladimir Putinning «Moskva. Kreml. Putin» körsatuvi muallifi, Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi (VGTRK) muxbiri Pavel Zarubinga bergan intervyusi namoyiş etildi. Uşbu suhbatda Rossiya Federatsiyasi prezidenti birinçi marta Rossiya rahbariyatining Ukrainaga Ğarb qurollarining keng kölamli yetkazib berilişiga javob qaytariş rejalarini batafsil izohladi. Kremlning eng şov-şuvli qadami Belarus hududiga taktik yadro qurolini joylaştiriş qarori böldi. Putinning sözlariga köra, Belarus harbiy-havo kuçlarining önta samolyoti allaqaçon uşbu turdagi qurollardan foydalanişga tayyor.
Bundan taşqari, Rossiya Federatsiyasi qöşni davlatga taktik yadro qurollari taşişi bölişi mumkin bölgan «Iskandar» majmualarini ham topşirdi va 1 iyulga qadar Belarusda taktik yadro qurollarini saqlovçi ombor qurilişini yakunlaşni rejalaştirmoqda.
Ğarb qarama-qarşilikni kuçaytiruvçi bu qadamga hozirça bosiqlik bilan munosabatda bölmoqda: AQŞ rasmiylari ma’lum qilişiça, Vaşington «öz yadroviy kuçlarini joylaştirişni özgartiriş uçun heç qanday sabab körmayapti, şuningdek, Rossiyaning yadro qurolidan foydalanişga tayyorligini körsatuvçi biron belgini ham payqamayapti».
«Meduza» naşri Putin nima uçun Belarusga taktik yadro qurolini joylaştirişga qaror qilgani, Vaşington va uning ittifoqçilaridan javob qadamni kutiş mumkinligi va taktik yadro quroli mavjudligi Belarusning maqomini qanday özgartirişi böyiça Rossiya yadro siyosati böyiça ekspert, Kanadaning Kvins universiteti qoşidagi Xalqaro va mudofaa siyosati markazi tadqiqotçisi Maksim Starçak bilan suhbatlaşdi.
— Sizningça, Vladimir Putin nima uçun Belarusga taktik yadro qurolini joylaştirişga qaror qildi?
— Menimça, bu AQŞ e’tiborini jalb qilişga navbatdagi uriniş, ya’ni qarama-qarşilikni kuçaytiriş, keskinlaştiriş orqali, Moskva fikriça, AQŞ uçun muhim bölgan va ularni muzokaralar stoliga ötirişga majbur qiladigan narsalarni örtaga qöyiş. START-3’ning (AQŞ va Rossiya Federatsiyasi örtasida strategik hujum qurollarini yanada qisqartiriş va çeklaş çora-tadbirlari töğrisidagi uçinçi şartnoma) töxtatilişi ham şu maqsaddagi harakat edi. Moskva buni AQŞ uçun muhim voqea deb biladi. Va START-3’ga qaytiş şarti sifatida Moskva AQŞning Ukrainaga nisbatan siyosatini özgartiriş talabini qöydi.
Moskva Belarus yordamida yana bir kartani taşlab, Belarusdagi taktik yadro qurollari AQŞni Ukrainadagi Rossiya bosqinçiligini tan olişga va muzokaralar stoliga ötirişga majbur qilişiga umid qilmoqda. Aks holda AQŞ uçun juda muhim bölgan yadroviy muammolarni hal qilişning boşqa iloji qoldirilmaydi.


















