«Rus dunyosi»

2022 yil 2 fevralida RF prezidenti Vladimir Putin Kremlda davlat mukofotlarini topshirish marosimida shunday degan edi:

«Shu qadar ulkan va qiyofasi ko‘p bo‘lgan rus dunyosi mana shu. Uni biz yaratmaganmiz. Bizning missiyamiz uni mustahkamlash, rivojlantirish, fuqarolarimiz va butun jahonga jozibali qilishdan iborat». 

Bu gapdan roppa-rosa uch hafta o‘tgach, Putin «rus dunyosini himoya qilish» shiori ostida rus qo‘shinlarini Ukrainaga jo‘natdi. 2023 yilning 14 martida u Rossiya Ukrainada «rus dunyosi» uchun kurashayotganini ta’kidlab o‘tdi. Ukrainaliklar esa sarkazm bilan Mariupol vayronalari va Buchadagi birodarlik qabristonlarini «rus dunyosi» deb atashadi.

21 mart kuni RF Xafsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev «AQSh va uning gumashtalari rus dunyosini obro‘sizlashtirishga harakat qilayotgani»ni navbatdagi marta takrorladi.

3 mart kuni esa Sankt-Peterburgda yuz bergan janjalda ikki yigit uchinchisining oldiga kelib, «Sen rus dunyosi tarafdorimisan?» deb so‘rashgan. Shundan so‘ng elektroshoker, qalampirli gazballonchasi va boshqa «dalillar» ishga tushgan.

Bu orada «Zavtra» «turbovatanparvarlik» gazetasi «Rus dunyosi global reyxga qarshi» ilmiy-ma’rifiy konferensiyasini o‘tkazdi. Nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar yuzlab maqolalar e’lon qiladi, ularda tadqiqotchilar «rus dunyosi»ning mafkuraviy, geosiyosiy va boshqa ma’nolarini tushunishga harakat qilishgan: bu qandaydir hududmi, yoki alohida sivilizatsiyami, yoki shunchaki inson ruhiyati holatimi?

«Rus dunyosi»ni kim o‘ylab topgan?