Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 28 nafar fuqaro lokatsiya orqali «zakladka»ni qidirib topgani aniqlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta fuqarolar ko‘chada yashirilgan narsalarni qidirib yurganligi aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 20 mart kuniga o‘tar kechasi taxminan soat 01:25 larda, 24 mart kuni taxminan soat 21:10 larda va 25 mart kuni taxminan soat 22:10 larda bir nechta fuqarolar Uchtepa tumani Davlatobod mahallasidagi xonadonlardan birining oldida narsalarni qidirib topgan.
Olib borilgan o‘rganishlar jarayonida 28 nafar fuqaroning shaxsi aniqlangan, deyiladi ma’lumotda.
Ular o‘z ko‘rsatmalarida shu hududda yashirilgan (“zakladka”) giyohvand moddalarni internet orqali berilgan lokatsiya yordamida qidirib topganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi aytilgan.
Mavzuga oid
10:46 / 27.04.2026
«Bu yerda manaman degan erkak ham yig‘laydi»: «zakladka» ortidagi hayot haqida hikoya
09:07 / 10.07.2025
“Mahallamiz buni ko‘tara olmaydi”: fuqarolar Uchtepa City'ning 16 qavat bo‘lishiga qarshi
14:47 / 09.07.2025
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi
20:09 / 25.05.2025