Veolia Energy Tashkent Toşkentda bu yil bahorda issiq suvni 5 kunga öçirişlarni rejalaştirmayapti. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari keyinroq boşlanadi. Bunda, suvning öçirilişi butun şaharda bir vaqtning özida emas, balki kvartallar böyiça amalga oşiriladi.

Ma’lumotda aytilişiça, bunday yondaşuv ötkaziladigan sinovlar sifatini oşiradi. Mutaxassislar e’tibori issiqlik tarmoğining kiçik bir qismiga qaratiladi, tekşiriş batafsilroq bölib, köproq nuqsonlarni aniqlaydi.

Şu bilan birga, Toşkent şahar hokimligi xabarida issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari aynan qaçon ötkazilişi borasida ma’lumot keltirilmagan.

Avvalroq Toşkentda 27 martdan 5 aprelga qadar issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilişlar kuzatilişi, issiqlik tarmoqlari sinovlardan ötkazilişi xabar qilingandi.

«Issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlaş va keyingi isitiş mavsumi boşlanişidan oldin ularni bartaraf etiş uçun issiqlik tarmoqlarini möljallangan harorat böyiça sinovdan ötkaziş kerak», — deyiladi Veolia Energy Tashkent xabarida.