Andijon xalqaro aeroporti 2023 yilning 1 aprel sanasidan boşlab, aerodrom qoplamasi rekonstruksiya qilinişi tufayli aviaparvozlar uçun vaqtinça yopiladi. Bu haqda Uzbekistan Airports kompaniyasi xabar berdi. 

Rekonstruksiya uçiş-qöniş yölagi, taksi yölaklari va samolyotlar töxtaş joylaridagi sun’iy qoplamalarni modernizatsiya qiliş, şuningdek, yoritiş uskunalari, meteorologik va radionavigatsiya qöniş tizimlarining yangi tizimini örnatişni nazarda tutadi. 

Rekonstruksiya işlarining qaçon tugatilişi haqida xabarda ma’lumot keltirilmagan.