BMT Xavfsizlik kengaşi Rossiyaning «Şimoliy oqim» va «Şimoliy oqim 2» gaz quvurlarida portlaşlarni taşkil etiş yuzasidan xalqaro tergov ötkaziş töğrisidagi rezolyutsiyasini qöllab-quvvatlamadi. 27 mart, duşanba kuni bölib ötgan ovoz berişda uşbu hujjat faqat Rossiya, Xitoy va Braziliya tomonidan qöllab-quvvatlandi, Xavfsizlik kengaşining qolgan 12 a’zosi esa betaraf qoldi.
Rezolyutsiya uçun kamida töqqizta «ha» ovozi hamda Rossiya, Xitoy, Fransiya, AQŞ va Britaniya tomonidan veto qöyilmasligi kerak edi.
Rossiyaning «Şimoliy oqim»dagi portlaşlarni tekşiriş böyiça BMT komissiyasini tuziş töğrisidagi rezolyutsiyasi böyiça ovoz berişda betaraf qolgan davlatlarning aksariyati buni davom etayotgan milliy tergov natijalarini kutiş istagi bilan izohladi, deya ta’kidlaydi Reuters.
Xususan, AQŞning BMTdagi vakili örinbosari Robert Vudning aytişiça, «Şimoliy oqim» böyiça BMT şafeligida tergov ötkazişga hojat yöq, çunki Şvetsiya, Daniya va Germaniyada tergovlar «har tomonlama, şaffof va xolis olib borilmoqda». U Rossiya rezolyutsiyasini «davom etayotgan milliy tergov işlarini obrösizlantiriş va ularning Rossiyaning oldindan belgilab qöyilgan va siyosiy pozitsiyasiga töğri kelmaydigan xulosani qarama-qarşi qöyişga uriniş» deb atadi. «Bu haqiqatni topişga uriniş emas», dedi Vud.
Sönggi oylarda Rossiya «Şimoliy oqim» portlaşlari böyiça milliy tekşiruv ötkazayotgan davlatlarni ular Moskvani vaziyat haqida xabardor qilmayotgani borasida bir neça bor qoraladi.
2022 yil 26 sentabrda «Şimoliy oqim»ning ikkita tarmoğida, keyin esa «Şimoliy oqim-2»da jami törtta sizib çiqiş joyi aniqlangan. Bungaça Şvetsiya va Daniyadagi seysmologik stansiyalar xuddi şu hududda kuçli suvosti portlaşlarini qayd etgan.
Germaniya, Daniya va Şvetsiyada hodisa sabablarini aniqlaş böyiça tergov işlari olib borilmoqda. Portlaş sabablari haqida hali işonçli ma’lumotlar yöq.

















