Rossiyada kiçik huquqbuzarliklar uçun mamlakatdan çiqarib yuborilgan mehnat migrantlariga nisbatan amnistiya e’lon qiliş taklif etildi. Bunday taşabbus bilan Davlat dumasining iqtisodiy siyosat qömitasi raisi örinbosari Artyom Kiryanov çiqdi.
Uning sözlariga köra, bu çora Rossiya mehnat bozoriga bir neça ön mingdan 200 minggaça xorijlik işçilarni jalb qilişga yordam beradi, bu esa Rossiya quriliş majmuasini eng köp qiziqtiradi, deb yozdi «Rossiyskaya gazeta».
Kiçik huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarni amnistiya qiliş taklif etilmoqda. Bu asosan hujjatlarni öz vaqtida rasmiylaştirmagan yoki mamlakatni tark etişi keçiktirilgan odamlardir.
Deputatning qayd etişiça, hali deportatsiya qilinmagan xorijliklardan ham jazoni olib taşlaş mumkin.
Avvalroq, Rossiyadan deportatsiya qilingan xorijlik quruvçilar uçun amnistiya zarurligini NOSTROY prezidenti Anton Gluşkov ham qayd etgan edi. Uning sözlariga köra, immigratsiya qonunçiligini buzgani uçun deportatsiya qilingan migrantlar soni juda köp.
Rosstat ma’lumotlariga köra, 2022 yil yakuni böyiça Özbekistonning 6,9 ming nafar fuqarosi işlaş uçun ruxsatnoma olgan. 1 mln 215 ming nafarida esa patent bor.


















