Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlari Kiyev atrofidagi havo hududida «duşmanning barça nişonlarini» yöq qildi, dedi şahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko. Unga köra, yöq qilingan dronlardan birining bölaklari poytaxtning Svyatoşinskiy tumaniga tuşib ketgan, natijada turar joy bölmagan binoda yonğin sodir bölgan.
18 martga ötar keçasi ham Rossiya Ukrainaga köp sonli uçuvçisiz uçoqlar bilan hujum qilgandi.
Kiyev va Kiyev viloyatida, şuningdek, Poltava, Xarkiv, Çernihov, Jitomir, Xerson, Mikolayiv, Rovno, Xmelnitskiy, Ternipil va Lviv viloyatlarida havo trevogasi e’lon qilindi. Ukraina Qurolli kuçlari Harbiy-havo kuçlari rossiyaliklar Shahed dronlari bilan şimoliy va janubi-şarqiy yönalişlardan hujum qilganini tasdiqladi.
Ukraina havo hujumidan mudofaa kuçlarining Kiyev, Jitomir, Çernihov va Dnipropetrovsk viloyatlaridagi işi haqida xabar berilgan. Dnipropetrovsk viloyati osmonida uçta UUA, taxminan - Shahed-131/136 urib tuşirilgan.


















