Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer sobiq kansler Angela Merkelga Germaniyaning oliy mukofoti – «Germaniya Federativ Respublikasi oldidagi xizmatlari uçun» maxsus toifasidagi Katta xoç ordenini topşirişni rejalaştirmoqda. Dastlab Stern jurnali tomonidan e’lon qilingan 17 aprelga belgilangan mukofot topşiriş haqidagi ma’lumotni 28 mart, seşanba kuni federal prezident devoni vakili tasdiqladi.

Merkeldan oldin Germaniyaning oliy mukofoti bilan faqat sobiq kansler Konrad Adenauer (1954 yil) va Helmut Kol (1998 yil) taqdirlangan, deya ta’kidlaydi naşr, şu yöl bilan Ştaynmayyer Merkelni ötmişdoşlari bilan tenglaştirgan, bu uning Rossiyaga nisbatan siyosati tanqid qilinayotgani tufayli tortişuvlarga sabab bölişi mumkin.

Merkelning turmuş örtoği Yoaxim Zauer va uning oilasining boşqa a’zolari, sobiq kansler idoralari rahbarlari - Tomas de Mezer, Ronald Pofalla, Piter Altmayer va Helge Braun, sobiq ta’lim vaziri Annet Şavan va Merkel hukumatidagi birinçi vitse-kansler Frans Myuntefering Belvyu saroyida bölib ötadigan marosimga taklif etilganlar röyxatiga kiritildi.

Merkel partiyasi - Xristian-demokratik ittifoqining amaldagi rahbariyati, şuningdek Xristian-sotsialistik ittifoq va 2009-2013 yillarda koalitsiyadagi konservatorlar bloki hamkori - Erkin demokratik partiya vakillari taklif qilinganlar orasida yöq. Ayni paytda, röyxatga futbol böyiça Germaniya milliy jamoasining sobiq murabbiyi Yurgen Klinsmann va bir qança taniqli olimlar kiritilgan.