Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 mart kuni «Iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzolagan edi. Qarorga asosan, ommaviy savdolar orqali töliqligiça sotiladigan 1001 ta korxonaning aksiya paketlari (uluşlari) röyxati tasdiqlandi.

Röyxatga “Özbekneftgaz” AJ, “Özbekiston temir yöllari” AJ, “Özavtosanoat” AJ, “Özkimyosanoat” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Özmetkombinat” AJ, “Özdonmahsulot” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “Özbekiston MET” AJ, “Özbektelekom” AK, “Öztransgaz” AJ, “Özbekgidroenergo” AJ, “Özmilliybank” AJ kabi yirik taşkilotlar tizimiga kiruvçi korxonalar kiritilgan.

Quyidagi 40 ta korxonaning aksiya paketlari esa «bitta aksiya – bitta lot» tamoyili asosida «xalqçil IPO» ötkaziş tartibida ommaviy savdolar orqali sotiladi:

Şuningdek, ommaviy savdolar orqali sotiladigan, davlat va davlat iştirokidagi korxonalarga tegişli 1046 ta köçmas mulk obektlari röyxati e’lon qilindi.