Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina armiyasida zarbdor dronlarning uchta rotasi shakllantirildi
Ukraina qurolli kuchlari doirasida zarbdor dronlarning dastlabki uchta rotasi shakllantirildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari va mamlakat raqamli transformatsiya vaziri Mixaylo Fedorov ma’lum qildi.
«Bugungi kunda zarbdor dronlarning dastlabki uchta rotasi janglarga tayyor. Hamkorlar bilan birgalikda ular to‘liq jihozlandi. Pikaplar, zarbdor kopterlar va "Starlink"lar berildi. Barcha dronlar Ukraina mahsuloti. Dronlar armiyasi zarbdor rotasi uchun jihozlar xususiy donorlar tomonidan sotib olib berildi», — degan Fedorov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, dronlar razvedka va zarba berish missiyalarini bajaradi, shuningdek ukrain artilleriyasi uchun nishonlarni belgilab beradi. Vazir «Dronlar armiyasi» uchun xayriya mablag‘lari United24 platformasida yig‘ilganini ta’kidlagan. Bu platformada avvalroq dunyodagi birinchi dengiz dronlari floti uchun ham mablag‘ to‘plangandi.
Ukrainada armiya uchun uchuvchisiz uchish qurilmalar rotasi tashkil etilayotgani to‘g‘risida yanvar oyi oxirida Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabida ma’lum qilingandi. Bu dunyodagi dastlabki shunday rotalar bo‘lishi qayd etilgandi.
Mavzuga oid
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
19:30 / 22.04.2026
Sizranda Ukraina zarbasi oqibatida ko‘p qavatli uy pod’yezdi quladi
13:51 / 22.04.2026