Birlaşgan Arab Amirliklarinining Dubay yöllari va transport boşqarmasi (RTA) Islom amallari va xayriya departamenti bilan hamkorlikda Ramazon oyida rözadorlarga avtomobilni xavfsiz boşqariş böyiça maslahatlar berdi.

«Ramazon oyida uyqu vaqti va rejimining özgarişi röza tutgan haydovçilarning e’tiboriga ta’sir qiladi, bu esa haydovçilardan köproq ehtiyotkor va huşyor bölişni talab qiladi», dedi RTA boş menejyeri Mayta bin Aday. 

Ramazon oyida röza tutganlar uyquçanlik yoki çarçoqni his qilişi mumkin, bu ularning diqqatini jamlaş qobiliyatiga ta’sir qilişi yoki reflekslarini sekinlaştirişi, oqibatda avtomobilni xavfsiz boşqariş qobiliyati pasayişi mumkin. 

Ramazon oyida sodir böladigan yöl-transport hodisalarining aksariyati haydovçilarning oldidagi transport vositalari örtasida xavfsiz masofani saqlamasligi bilan boğliq, dedi bin Aday. 

U rözadorlarga örindiqlarni tik holda tutişni va issiqda holdan toymaslik uçun konditsionerlarni yoqişni maslahat berdi. 

«Haydovçilarga avtomobilni boşqarişdan oldin yetarliça dam oliş tavsiya etiladi. Şuningdek, çarçoq, uyqusiraş yoki esnaş holatlarida avtomobilni boşqarmagan yaxşiroq», deb qöşimça qildi u. 

Haydovçilarga, şuningdek, töyib ovqatlangandan keyin darhol maşina boşqarişdan voz keçiş, agar röza vaqtida asabiylaşişga moyil bölsa, jamoat transportini tanlaş tavsiya etiladi.