2023 yil ayrim o‘simliklar kech changlandi. Bu nimaga ta’sir qiladi?
2023 yilning yanvar oyida havo harorati keskin tushib ketishi va fevralda isishi ayrim o‘simliklarning bosqichma-bosqich emas, bir vaqtda changlanishiga sabab bo‘lgan. Bu esa havoda allergiya qo‘zg‘atuvchilar oshib ketishiga sabab bo‘ladi.

Xalqaro molekulyar allergologiya markazi 2021-2022 yil va 2022-2023 yillarning qish faslida havoda uchragan allergen o‘simliklar changlarining solishtirma tahlilini Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2022 yil dekabr oyida o‘simliklarning chang miqdori havoda oz miqdorda uchragan, yanvar oyida esa ortgan va fevral oyiga kelib keskin ko‘tarilib ketgan. 2022 yil qish issiqroq bo‘lgani uchun o‘simliklar chang hosil qilishni ertaroq boshlagan. 2023 yil esa teskari holat kuzatilgan. Yanvarda anomal sovuq o‘simliklarning uyg‘onish vaqtiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Natijada yanvar oyida chang hosil qilishni boshlashi kerak bo‘lgan o‘simliklar fevral oyining oxiriga kelib changlangan.
Markazning Aerobiologiya bo‘limi boshlig‘i To‘rabek Shodmonovning ma’lumot berishicha, 2 yilni qiyoslaganda sarv o‘simligi 2022 yilda yanvardan boshlab – ertaroq chang hosil qilgan. 2023 yilda esa anomal sovuq sababli uning changlanishi biroz kechikkan. Yoki buning aksi. O‘rmon yong‘og‘i, shumtol, tol va qayrag‘och kabilar o‘tgan yil qishda changlashni boshlamagan bo‘lsa, 2023 yilda fevraldagi issiq sabab vaqtliroq changlangan.
“Natijada ularning changlanishi bir davrga to‘g‘ri keldi. Bu ikki jarayon fevral oyida havoda allergen changlarning ko‘payishiga olib kelgan”, – deb tushuntiradi markaz Aerobiologiya bo‘limi laboranti Muyassar Otajonova.
Ma’lumot uchun, Xalqaro molekulyar allergologiya markazi 2019 yildan beri havodagi allergen o‘simliklar changlari miqdorini doimiy ravishda tahlil qilib keladi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

10:56 / 07.11.2024
Pomidordan qulupnaygacha. Marsda yashay oladigan 8 ta o‘simlik ma’lum qilindi

11:37 / 24.08.2023
O‘simliklarni himoya qilish sohasidagi o‘zgarishlar qonun bilan mustahkamlanmoqda

22:05 / 25.08.2022
Global iqlim isishidan qaysi jonzotlar va o‘simliklar omon chiqadi?

09:40 / 07.05.2019