Yakşanba kuni mamlakat hududiga Kaspiy dengizining janubiy hududlaridan siklon kirib kelişi, buning hisobiga nam havo massalari kuzatilişi kutilmoqda, deb xabar beradi "Özgidromet".
Özbekiston hududi böyiça ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomğir yoğadi, Navoiy, Samarqand, Qaşqadaryo viloyatlarida, toğoldi va toğli hududlarda ba’zi joylarda kuçli böladi. Respublikaning ayrim hududlarida döl yoğişi mumkin. Faqat şarqiy hududlarda yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
1-2 aprelda respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 15-20 m/s gaça kuçayişi, respublika şimolida va çöl hududlarida 22-25 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang tözon bilan kuzatilişi mumkin.
31 mart va 2 aprelda toğoldi va toğli hududlarda sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. 31 martda Toşkent viloyatining toğli hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor köçişi xavfi bor.
Poytaxtda asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda. Şamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati +24...+27 daraja böladi.

















