Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko urush haqida: «Harbiy harakatlarni to‘xtatish kerak»
Belarus prezidenti parlamentga murojaatida Ukrainada qo‘shinlarni ko‘chirish, qurol va o‘q-dorilarni ikki tomondan olib o‘tish huquqisiz sulh tuzishga chaqirdi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat parlamentiga murojaat qildi. O‘z nutqi davomida ko‘plab mavzularda gapirgan Lukashenko Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga ham munosabat bildirdi. Uning fikricha, harbiy harakatlarni hech qanday sharsiz to‘xtatish kerak.
«Harbiy harakatlarni to‘xtatish kerak. Ikki tomonga ham qo‘shinlarni qayta joylashtirish va to‘plamaslik majburiyatini yuklagan holda sulh e’lon qilish kerak. Askarlar, qurollar, harbiy texnika – hech narsani to‘plamaslik kerak. Hammasi muzlashi kerak.
Lekin G‘arb yana urushdagi to‘xtalishdan yolg‘on orqali o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun foydalanmoqchi bo‘lsa, Rossiya eskalatsiya kuchaymasligi uchun harbiy ishlab chiqarish kompleksi va armiyasi orqali zarba berishga majbur bo‘ladi.
Territorial, tiklash va xavfsizlik bo‘yicha barcha narsalarni muzokaralar stolida hal qilish mumkin va shunday bo‘lishi ham kerak. Va muzokaralarda hech qanday birlamchi shartlar bo‘lmasligi kerak», dedi Lukashenko parlamentga murojaatida.
Mavzuga oid
20:25 / 01.06.2026
Rossiyada yangi reja: masofaviy urush
19:37 / 01.06.2026
Rossiyada yoqilg‘i ishlab chiqarish 2009 yilgi darajaga tushib ketdi
18:08 / 01.06.2026
Tramp jamoasi Ukraina bo‘yicha muzokaralardan «charchadi» – OAV
09:00 / 01.06.2026