Afğonistonning «Tolibon» radikal harakati qurolli kuçlari soni 200 ming kişiga yetkaziladi. Bu haqda toliblar armiyasi ştabi boşliği Qori Fasihuddin Fitrat ma’lum qildi, deb xabar berdi TOLOnews.
«Biz armiya sonini oşirişga qaror qildik, agar Xudo madad bersa, kelasi yili armiya sonini 150 mingdan 170 mingga oşiramiz va bosqiçma-bosqiç 200 mingga yetkazamiz», dedi u.
2021 yil avgust oyida Afğonistondagi hokimiyat qölga kiritilgan paytda «Tolibon» jangarilari soni 100 ming kişiga yetgan edi.
Global Firepower Index ma’lumotlariga köra, Özbekiston armiyasida 65 ming, Qozoğistonda 77 ming, Turkmanistonda 35 ming, Tojikistonda 15 ming va Qirğizistonda 25 ming nafar harbiy xizmatçi bor. Şunday qilib, toliblar armiyasining soni Markaziy Osiyo mamlakatlarining istalgan armiyasidan kattaroqdir.

















