Turkiya parlamenti 31 mart, jumaga ötar keçasi Finlandiyaning NATOga kirişi haqidagi protokolni ratifikatsiya qildi. Tegişli qaror uçun 276 nafar turkiyalik deputat ovoz berdi, heç kim bunga qarşi çiqmadi. Hujjat hali Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan tomonidan imzolanişi kerak.
Turkiya Şimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo 30 davlat içida Finlandiyaning unga qöşilişini ma’qullagan oxirgi davlat böldi. Şu hafta boşida Vengriya parlamenti Finlandiyaning NATOga a’zoligini ratifikatsiya qiliş uçun ovoz berdi.
NATO Boş kotibi Yyens Stoltenberg protokolning Turkiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinişini olqişlab, bu harbiy ittifoqni «kuçliroq va xavfsizroq» qilişini aytdi.
Şvetsiya va Finlandiya 2022 yil may oyida Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirişi munosabati bilan an’anaviy betaraflikdan voz keçdi va NATOga a’zo böliş uçun ariza berdi. Şvetsiya tomonining arizasi hozirça na Vengriya, na Turkiya tomonidan ma’qullanmagan.
Ukrainadagi uruş hattoki yaqin kunlarda tugasa ham, xavfsizlik muhiti uzoq muddatga özgardi. Bunday bahoni NATO Boş kotibi Yyens Stoltenberg 21 mart kuni alyansning Bryusseldagi ştab-kvartirasida NATOning 2022 yildagi faoliyati natijalarini taqdim etgan matbuot anjumanida bildirdi.
Stoltenbergning sözlariga köra, «asosiysi Şvetsiya va Finlandiya tezda NATOning tölaqonli a’zosiga aylanişlaridir». Bu mamlakatlarning ittifoqqa qabul qilinişi ularni xavfsizroq, NATOni esa kuçliroq qiladi. Bundan taşqari, bu qadam alyans eşiklari oçiqligini körsatadi, deya ta’kidladi taşkilot Boş kotibi.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga izoh berar ekan, Stoltenberg Ğarb ittifoqçilari uçun «bu şok bölgani, ammo kutilmagan holat bölmaganini» ta’kidladi. «Bu [Rossiyaning Ukrainaga harbiy bostirib kirişi] tajovuzkor harakatlar modelining çöqqisi böldi», deb tuşuntirdi NATO Boş kotibi.

















