Ukraina sportçilariga Rossiya yoki Belarus sportçilariga ruxsat beriladigan musobaqalarda qatnaşiş taqiqlanadi. Tegişli qaror Ukraina Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilindi, deb xabar berdi Vazirlar Mahkamasi a’zosi Oleg Nemçinov 30 mart, payşanba kuni keçqurun umummilliy telemarafon efirida.
Unga köra, uşbu protokol qarorini Ukraina yoşlar va sport vaziri, Milliy olimpiya qömitasi (MOQ) prezidenti Vadim Gutsayt taklif qilgan. Bu barça musobaqalarga, jumladan, 2024 yilda Parijda bölib ötadigan Yozgi Olimpiya öyinlariga saralaş turnirlariga ham tegişli. Nemçinovning qöşimça qilişiça, Ukraina federatsiyalari vakillarining rossiyaliklar va belaruslar iştirok etadigan musobaqalarda qatnaşişi federatsiyalarni milliy maqomdan mahrum qilişi mumkin.
Kiyevdagi hukumat qarori Xalqaro olimpiya qömitasining (XOQ) Rossiya va Belarus sportçilarining musobaqalarda iştirok etişi haqidagi tavsiyalariga javob böldi.
28 mart kuni, tört oylik maslahatlaşuvlardan söng XOQ Ijroiya qömitasi Parij-2024 Olimpiadasi haqidagi qarorni keyinga qoldirib, xalqaro federatsiyalarga uruşni neytral sportçilar sifatida qöllab-quvvatlamagan rossiyalik va belaruslik sportçilarga musobaqada qatnaşişga ruxsat berişni tavsiya qildi.
Ammo Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (World Athletics, WA) Xalqaro olimpiya qömitasi Ijroiya qömitasi tavsiyasiga qaramay, Rossiya va Belarus sportçilarining musobaqaga kirişiga yöl qöymaslik pozitsiyasiga amal qiladi.
«WA pozitsiyasi özgarmadi», deya ma’lum qildi assotsiatsiya. «XOQ ta’kidlaganidek, musobaqalarda iştirok etişga ruxsat beriş töğrisidagi qaror xalqaro federatsiyalar vakolatiga kiradi», — deyiladi xabarda.
Yevropa yengil atletika assotsiatsiyasi (EAA) bu sportçilarni çetlaştiriş qiliş tarafdori bölib turibdi. Germaniya yengil atletika assotsiatsiyasi (DLV) ham xuddi şunday yönalişga amal qiladi.
«Xalqaro olimpiya qömitasining rossiyalik va belaruslik sportçilarning xalqaro sport musobaqalarida iştirok etişi böyiça tavsiyalaridan keyin ham biz avvalgi pozitsiyada qolamiz», — dedi DLV boşqaruvi raisi Idriss Gonşçinska.


















