«Tört yuz kunlik keng kölamli tajovuzdan himoyadamiz. Bu biz bosib ötgan ulkan yöl», - dedi davlat rahbari ukrainalik harbiylarga va ularni qöllab-quvvatlayotgan barçaga minnatdorçilik bildirib. 

Zelenskiyning sözlariga köra, Ukraina hozirda ğalabani yaqinlaştiriş uçun «faol harakatlar» tayyorlamoqda. 

«Biz keyingi qadamlarimizni, faol harakatlarimizni tayyorlayapmiz. Ğalabamizga yaqinlaşiş yölini tayyorlayapmiz», - dedi prezident.

Avvalroq Volodimir Zelenskiy Ukrainada Xitoy rahbari Si Jinping bilan uçraşişga tayyorligini ma’lum qilgandi. 

«Biz uni şu yerda körişga tayyormiz. Men u bilan gaplaşmoqçiman», dedi Ukraina prezidenti 29 mart kuni çop etilgan Associated Press agentligiga bergan intervyusida. Uning qöşimça qilişiça, u Xitoy rahbari bilan bir yildan ortiq vaqt davomida aloqada bölmagan. Agentlik ma’lumotlariga köra, Ukraina rahbari allaqaçon Si Jinpingga taklifnoma yuborgan.
 
25 mart kuni Zelenskiy Yaponiyaning The Yomiuri Shimbun naşriga bergan intervyusida Xitoyning muzokara ötkaziş böyiça taklifini olmaganini aytdi. Ukraina yetakçisining qöşimça qilişiça, u avvalroq diplomatik kanallar orqali Xitoy rahbari bilan gaplaşiş istagini bildirgan.